So’nggi yangiliklar

17:48Расман: "Андижон" собиқ устози "Бухоро"да иш бошлади  1 17:26Эшитдик-да! "Зўр ТВ" Чемпионлар Лигасини намойиш этади  2 16:51Ўзбекистон футзал терма жамоаси Японияга қарши ўртоқлик ўйинида қатнашмоқда (онлайн ҳисоб)  1 16:35Про лига. "Локомотив" "Олимпик-MobiUz" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  0 16:22Месси гол урилмаган пенальтилар сони бўйича Роналдуга яқинлашиб олди  1 15:39"Насаф" аламли тарзда мағлубиятга учраган муҳташам "Қирол Абдуллоҳ" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  4 15:05"Реал" умидли ҳимоячи билан шартномани узайтирди  0 14:38"Арсенал" "Атлетик" билан ўйинда икки асосий ўйинчисидан фойдалана олмайди  3 14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  3 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  10 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  17 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  2 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  7 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  3

Nabil Maalul: "Bunyodkor" juda yaxshi jamoa" Yangiliklar

Nabil Maalul: "Bunyodkor" juda yaxshi jamoa"

Bugun Osiyo CHempionlar ligasi 2-turi doirasidagi “Bunyodkor” – “Al-Jaish” (Qatar) uchrashuvidan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Uning birinchi qismida mehmonlar ustozi Nabil Maalul va futbolchi Saud Al Xotir ishtirok etdi.

"Bunyodkor"ning o'yinini ko'rib chiqdik, juda yaxshi jamoa. Ertaga bazi bir o'yinchilarimiz bizga yordam bera olmaydi. Qolaversa ertaga mehmonda harakat qilamiz. Raqibimiz jismonan yaxshi shakllangan. O'zbekistonda mavsum boshlanmaganligini inobatga olsak, bu bizga qo'l kelishi mumkin", - deydi jamoa bosh murabbiyi Nabil Maalul.

Saud Al Xotir: "Murabiyimiz takidlab o'tganidek ertangi o'yin qiyin kechadi. Ammo biz o'zimizga ishonamiz va Qatarga uch ochko bilan qaytamiz".

- "Bunyodkor"ning jismoniy holatidan tashqari yana qanday ustunligi bor, "Nasaf"dan ajralib turadigan xislatlarini ko'ryapsizmi?
- "Bunyodkor"ni "Al Fath"ga qarshi o'yinini ko'rdik, undan tashqari bazi o'rtoqlik o'yinlarini ham kuzatib, "Nasaf" va "Bunyodkor" o'rtasidagi farq katta emas degan fikrga keldik. "Nasaf" menda yaxshi taassurot qoldirgandi. Biz tomonimizdan urilgan tezkor gol tufayli hisob yirik ko'rinish olgandi. Bu raqiblarimizning o'yin rejasini buzib yuborgan edi.

- Mavsum davomida 6 marotaba mag'lubiyatga uchradinglar, bunga sabab nima? Koreyalik Seulki ertaga maydonga tusha oladimi?
- So'nggi o'yinlarda g'alaba qozona olmayotganimiz sabab OCHLga etibor qaratganimiz. "Nasaf" va "Al Qodisiya"ga qarshi qiyin o'yinlarni o'tkazdik. Koreyalik legionerimiz esa ertaga maydonga tushish, tushmasligi bugun hal bo'ladi.

- Ertangi o'yinda ob-havo sharoiti tasir qilmaydimi? (Qatarlik jurnalistning savoli)

Saud Al Xotir: - Xorijda ko'p marotaba yig'in o'tkazganmiz, shuning uchun bu muammo bo'la olmaydi.

- "Bunyodkor" safida siz xavfsirayotgan o'yinchi bormi?
- Alohida bir futbolchini ajratib ko'rsatmayman. "Bunyodkor"da jamoaviy o'yin muhim yo'lga qo'yilgan. Himoya chizig'i yaxshi, futbolchilardan 16 (Karles Koto) va 21 (Sardor Rashidov) raqamdagilarni ko'rsatgan bo'lar edim.

- "Bunyodkor"ni kuchini Evropaga solishtirib baholasangiz, qaysi klubga o'xshatgan bo'lardingiz?
- Rostini aytsam OCHL va ECHL jamoalari o'rtasidagi jamoalarni solishtira olmayman. Bu ikki turnir orasidagi farq juda katta. O'zimizga kelsak, turnir debyutanti sifatida yaxshi natijaga erishmoqchimiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика