So’nggi yangiliklar

22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  0 21:59Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф": Бензема ва Канте асосий таркибда!  7 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  4 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  5 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  4 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  5

⚡️ MYUning bir necha daqiqalik “sirli qahramoni” kim? Yangiliklar

⚡️ MYUning bir necha daqiqalik “sirli qahramoni” kim?

Barchamiz xatodan xoli emasmiz.

Buni qarangki, APL rasmiy sayti ham kichik, ammo ko'pchilikning etiborini tortgan xatoga yo'l qo'ydi.

Angliyada qishki transfer oynasi rasman ochilmasdan turib, musobaqa rasmiy saytidagi “Manchester Yunayted”ga atalgan bo'limda 11-raqamdagi sirli hujumchi paydo bo'ldi. U portugaliyalik Betinyu (to'liq ismi Alberto Alvesh Koelo) ekanligi hamda vatanida 4-divizion jamoasi "Espino" sharafini himoya qilishi malum bo'ldi. 29 yoshli o'yinchining jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yil yozigacha tuzilgan, ammo APL saytida u 4 mavsumdan beri “qizil iblislar” sharafini himoya qilib kelayotgani ko'rsatilgandi (navbatdagi “qovun”).

To'g'ri, Betinyu “Tumanli Albion” havosidan 2014/15 yilgi mavsum bahramand bo'lgan. U o'sha vaqt CHempionshipda bo'lgan “Brentford”da ijara asosida harakat qilib, “Norvich”ga (0:3) qarshi bahsda zaxiradan o'yinga tushirilgan va bu uning Angliyadagi yagona rasmiy uchrashuvi hisoblanadi.

Endi yana o'sha xatoga qaytamiz)

Ayrimlar, APL saytidagi malumot Ayven Tounining (“Brentford”da mavsum kashfiyoti) transferiga ishora bo'lishi mumkinligiga shama qilishdi. Kodi Gakponing transferi o'xshamaganidan keyin, MYU boshqa hujumchi variantini o'rganishi tabiiy…

“The Athletic” jurnalisti Lori Uituell bugungi “Nottingem Forest”ga qarshi bahs oldidan Premer-liga rasmiy saytida haqiqatan xatoga yo'l qo'yilgani haqida xabar berdi va 11-raqam ostidagi “qahramon” bilan shartnoma imzolanmaganini tasdiqladi. Mutasaddilar ushbu malumotni to'g'rilash ustida ish olib borayotgani xabar qilindi.

Futbolchi esa o'zida yo'q xursand

Betinyu storisiga MYUni teg qilib, “Tez orada ko'rishguncha”, deya rasm joyladi.

Uncha bo'ydor bo'lmagan forvard (1,79 metr) “Sporting” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U professional futbolga 2011 yil kirib kelgan. Faoliyatining boshida Portugaliyaning bir qator yosh toifalaridagi termalarida (15 dan 21 yoshgacha) o'ynagan. Aytarli natijalarga erishmagan "MYUning bir necha daqiqalik yulduzi" joriy mavsum Portugaliya 4 divizionida 13 bahsda 5 ta golni o'z hisobiga yozdirdi.

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика