MYUni uchinchi o'ringa olib chiqqan Maykl Kerrik kechagi bahsdan so'ng nimalar dedi?
02 mar 08:52
Yangiliklar
MYUni uchinchi o'ringa olib chiqqan Maykl Kerrik kechagi bahsdan so'ng nimalar dedi?
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik "Kristal Pelas"ga qarshi 28-tur o'yinidan so'ng fikr bildirdi.
"Jamoamizning xarakterini ko'rsatganidan mamnunmanmi? Bu o'yindan olgan eng muhim narsa shu bo'ldi deb o'ylayman. Birinchi marta tanaffus oldidan hisobda ortda qolgan vaziyatga tushdik. Chunki o'yin boshida biroz ritmdan chiqib qoldik, raqib esa yaxshi hujumlar tashkil qilishdi.
Taxminan 20 daqiqadan keyin o'yin bizning foydamizga o'tdi, birinchi taymni ancha ishonchli yakunladik. Tanaffusda shunday vaziyatlarda qanday javob berish, kuch va o'ziga ishonchni ko'rsatish haqida gaplashdik. Futbol bazida qiyin bo'ladi, bu liga ham oson emas, hamma narsa xohlagandek bo'lavermaydi, lekin ikkinchi taymda qaytib kelib, o'yinni o'z foydamizga burib olishimiz men uchun eng muhimi", — dedi MYU ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar