So’nggi yangiliklar

23:48Швеция терма жамоаси бош мураббий ёмон натижалар сабаб ишдан ҳайдалди  0 23:45ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони – Ироқ. Мундиалнинг яна бир йўлланмаси учун жанг бошланди  2 23:14Жанубий Африка Республикаси 2010 йилги мезбонликдан сўнг илк марта Жаҳон чемпионатига чиқди!  5 23:00Ўзбекистон ва Туркия U-17 терма жамоалари ўртасидаги учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 22:10Қатар – БАА. Жаҳон чемпионати йўлланмаси ҳал бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  29 22:06А Сериянинг икки клуби Неймарга қизиқиш билдирмоқда, футболчи янги чақирувга тайёр  2 21:40Ёзнинг энг омадсиз трансферлари рўйхати эълон қилинди  3 20:50"Фенербахче" "Олтин тўп" соҳиби билан шартнома имзоламоқчи  2 20:11Равшан Ҳайдаров: "Қозоғистон билан ўйинларда икки хил таркибдан фойдаландик. Ўринбоев мушакларидан жароҳат олди"  3 19:24Рафинья "Эл Класико"да иштирок этмайди?!  1 18:56Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркия билан дурангга рози бўлди   19 18:54Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Қозоғистон устидан ишончли ғалабага эришди  7 18:40Ўзбекистон терма жамоаси футболчиларининг Уругвайга қарши ўйиндаги статистикаси  5 18:09Япония Бразилиянинг додини берди  29 17:21Ўзбекистон – Уругвай беллашуви статистикаси: МТЖ қайси жабҳада устунлик қилди?  12

Ravshan Haydarov: "Qozog'iston bilan o'yinlarda ikki xil tarkibdan foydalandik. O'rinboev mushaklaridan jarohat oldi" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Qozog'iston bilan o'yinlarda ikki xil tarkibdan foydalandik. O'rinboev mushaklaridan jarohat oldi"

O'zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Qozog'iston bilan uchrashuvdan (3:1) so'ng bir qator savollarga javob berdi.

- Bugungi va o'tgan o'yin haqidagi fikrlaringiz...

- Bugungi o'yin bilan yig'inimiz yakuniga etdi. O'ylaymanki, ushbu yig'in 2005-2006 yilgi bolalarga, yani olimpiyachilarga bag'ishlandi. Yigitlar, ayniqsa, birinchi marta termaga kelgan bolalar sinovdan o'tib olishdi. Biz uchun axborotga ega bo'lish muhim edi. Savollarga javob oldik deb o'ylayman. Hali o'yinlarimizni tahlil qilamiz, shakllanish jarayonidamiz. Uchrashuvlarda ikki xil tarkibdan foydalandik. Hali kamchiliklar talaygina, ishlaydigan jihatlarimiz ko'p. Bularning barchasini ko'rib oldik. 

- Ushbu yig'indan qay darajada ko'nglingiz to'ldi? 

- Ko'nglim to'lgan joyi shundaki, bu yigitlarni shu erda yig'ib, ko'rib olganimizda bo'ldi deb ayta olaman. Aksariyat futbolchilar uchun bu birinchi chaqiruv edi. O'zini ko'rsata olmagan futbolchilar ham bo'ldi, bu ham kerak. Bu bolalarga motivaciya bag'ishlaydi. O'z klubiga qaytganida, o'z ustida yanada ko'proq ishlaydi va chaqiruv olishga urinishadi. Futbolchilarning hozirgi kundagi saviyasini ko'rib oldik. Oldingi jamoalar bilan taqqoslash imkonimiz bor. Bitta yig'inda hammasi birdan bo'lmaydi. O'ylaymanki, sekin-asta o'yinni shakllantirib boramiz. Umuman olganda, natija bor, bu xursand qiladi. Biroq kamchiliklarni ham to'g'rilay bilishimiz lozim.

- Muhammadali O'rinboev birinchi o'yindagi jarohat tufayli allaqachon klubi ixtiyoriga – Belgiyaga uchib ketibdi. Bu jarohat jiddiy emasmi?

- Mushaklaridan jarohat oldi. O'zimiz tekriraylik desak, "Antverpen" klubi vakillari uning qaytishini va o'zlari tibbiy tekshiruvdan o'tkazishlarini xohlashdi. Shu bois, uni Belgiyaga jo'natib yubordik.

- Keyingi yil yanvar oyida Saudiya Arabistonida U-23 Osiyo Kubogi bor, dekabrda esa FIFA kunlari yo'q. Dekabrda U-23 terma jamoasi bilan yig'in o'tkazasizmi? Bu paytda Superliga va Pro liga tugaydi, futbolchilar esa dam olishi keark. Shu vaziyat sizni qanchalik o'ylantiryapti?

- Albatta o'ylantirmoqda. Lekin ilojimiz qancha. Futbolchilarga ozroq dam beramiz, yig'in dekabr o'rtalariga rejalashtirilgan. Bu paytda legionerlarni jalb etish mushkul. O'zimizdagi jamoalar futbolchilarini yig'ib turamiz. Dekabr oxirida o'rtoqlik o'yinlari tashkil etiladi. Bu borada ish ketmoqda. Yanvar oyida biz musobaqaga kirishamiz. Hammasi rejalashtirilgan. Ko'p o'yin amaliyotiga ega va og'ir yuklamali futbolchilar bilan individual ishlaymiz. Bu hisobga olinadi. Hammasini hisoblab borib, dekabrda bir xulosaga kelamiz. Jismoniy tayyorgarlikni qisqa vaqt bo'lsa-da, mavjud vaziyatga qarab ish tutamiz.

- U-23 saralashida aynan U-23 terma jamoasi qatnashdi. Osiyo Kubogida ham xuddi o'sha jamoa qatnashadimi yoki rahbariyat va o'zingizda 2 yosh kichiklar bilan borishimiz kerak, degan fikr bormi? 

- Bor. Har xil fikrlar mavjud. Murabbiylar kengashida bu masalani ko'rib chiqamiz. Hozirgi tarkib azolari Qozog'istondan 1 yosh katta edi. Shu o'yinchilarni pishitib boryapmiz. Noyabr oyida ham bir turnir bor. Ehtimol, aralash tarkibni o'ynatib ko'ramiz. Shuni muhokamasi ketmoqda. Niyatimiz — urg'uni 2005-2006 yilgi futbolchilarga qaratish.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
14 okt 22:57:30
Дильшод
Сал пал вилоятлар командаларидан хам ўйинчи чақириб, селекция қилиш керак, фақат ўзини болларини чақирмасдан, биламиз сизни танкангиз зўр, сиздан бошқа тренер йўқ УФА учун
   
14 okt 20:44:22
Shamsiddin Matnazarow
UZBEKISTONLIK HAKAMLAR 2027 OSIA SARALASHDA ISHLADI TURKMONISTON 2:1 SHRI LANKA BARAKAT TOPSIN YAHSHI KUNDA BIZ HAM HIZMAT KILAYLIK TKM MUHLISIDAN TASHAKURLAR .
   
14 okt 20:25:20
Bekzod Sharipov
Qozog'istondan 1 yosh kichik deyishgandiku). O'yinlar yomon emas. Biroq yana ham kuchayib olishimiz kerak.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика