Myuller: "Kosta-Rikani 8:0 hisobida yuta olamiz"
29 noy 2022 21:36
Yangiliklar
Myuller: "Kosta-Rikani 8:0 hisobida yuta olamiz"
Ushbu termalar JCH-2022ning uchinchi turi doirasida to'qnash kelishadi. Ayni damda Ispaniya 4 ochko bilan guruh peshqadami bo'lib turibdi. Yaponiya va Kosta-Rika termalari 3 ochko bilan ikkinchi o'rinni bo'lishib turishgan bo'lishsa, Germaniya hisobida 1 ochko bor. Bo'lajak bahsda 8:0 hisobidagi g'alaba Germaniya termasiga pley-offni kafolatlaydi.
"Albatta, guruhdagi ikkinchi o'yinni ham kuzatamiz. Biz bor voqelikka qarab vaziyatga moslashamiz. Bo'lajak bahsda o'z darajamizda o'ynab, g'alabaga erishishimiz kerak. Kosta-Rikani 8:0 hisobida yuta olamiz, biroq bu jahon chempionatida noreal. Qog'ozda Kosta-Rikadan kuchlimiz, ammo bu o'yinga tasir qilmaydi.
G'alaba qozonishni istaymiz, ammo shu bilan birgalikda raqibni hurmat qilamiz. Katta natijalarni aytishdan oldin kamtarlikni ham o'ylash kerak. CHunki Kosta-Rikaning Ispaniyaga 0:7 hisobidagi mag'lubiyati hozir hech nimani anglatmayapti.
Hozir barchada imkoniyat bor. Ushbu o'yinlardan keyin barcha o'z darajasini namoyish qilishga intiladi", - dedi Myuller.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar