MYU yulduzlari ovqatdan zaharlanishdi
19 sen 2022 11:26
Yangiliklar
MYU yulduzlari ovqatdan zaharlanishdi
Moldovada "SHerif" ustidan qozonilgan ishonchli g'alabadan so'ng uyga qaytayotgan "Manchester Yunayted" futbolchilari ovqatdan zaharlanish oqibatida aziyat chekishdi.
Malum bo'lishicha, 12 nafar o'yinchi o'zini yaxshi his qilmayapti. O'yindan so'ng zudlik bilan shaxsiy samolyotda qaytgan futbolchilar yo egan narsalari oqibatida yoki samolyotning o'zida bo'lgan biror narsa tasirida og'rib qolishgan, deb taxmin qilinmoqda.
Bazi futbolchilar juma kungi Karringtondagi tiklanish mashg'ulotlarini o'tkazib yuborishdi. Hatto ayrimlari ertasi kuni ham o'ziga kela olmadi. Yaxshiyamki, "qizil iblislar"ning "Lids"ga qarshi yakshanbaga belgilangan o'yini qoldirilgan edi.
Angliya terma jamoasidan chaqiruv olgan Harri Maguayr va Lyuk SHou zararlanganlar orasida emas.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar