MYU va Portugaliya terma jamoasi sobiq xavbeki Nani 38 yoshida faoliyatini yakunladi
09 dek 2024 00:57
Yangiliklar
MYU va Portugaliya terma jamoasi sobiq xavbeki Nani 38 yoshida faoliyatini yakunladi
Portugaliyalik bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
"Xayrlashish vaqti keldi, professional o'yinchilik faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Bu ajoyib yo'l bo'ldi va 20 yildan ortiq davom etgan va menga shuncha unutilmas xotiralar sovg'a qilgan faoliyatimdagi qiyin damlarda menga yordam bergan va qiyin paytlarda qo'llab-quvvatlagan har bir insonga minnatdorchilik bildiraman.
Yangi qog'ozdan boshlash va yangi maqsadlar va orzularga etibor qaratish vaqti keldi. Tez orada ko'rishguncha! Rahmat", – deb yozdi Nani twitter'da.
Nani faoliyati davomida "Sporting", "Manchester Yunayted", "Fenerbaxche", "Valensiya", "Lacio", "Orlando Siti", "Veneciya", "Melburn Viktori", "Adana Demirspor" va "Eshtrela" klublarida o'ynadi. Yarim himoyachi Portugaliya terma jamoasi safida 112ta o'yin o'tkazdi va jamoa bilan Evro-2016da g'olib bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar