So’nggi yangiliklar

15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  0 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  0 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  4 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  2 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  3 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  2 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  3 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  12 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  28 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  11 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  1 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  3

MYU chempionlik poygasidami? Gvardiola derbidan oldingi matbuot anjumanida nimalar dedi? Yangiliklar

MYU chempionlik poygasidami? Gvardiola derbidan oldingi matbuot anjumanida nimalar dedi?

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi.

"Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" uchrashuvi 29 oktyabr kuni 19:30da start oladi.

- Qaysi jamoalar bilan chempionlik uchun kurashasiz?

- Bu haqda gapirishga juda erta. Ayni damdma barcha kurashda. Ortda qolib ketganlar ham yuqoridagilarga etib olishlari mumkin. Qachonki jamoalar endigina 9 tur o'ynashgan bo'lishsa, oldinda ulardan ko'prog'ini kutishadi. O'tgan mavsumda fevral, mart oylarida ham biz ortda edik, biroq baribir chempionlikka erishdik.

- "Manchester Yunayted" chempionlik uchun kurashadimi?

- Qachonki, mavsum yakuniga 9 tur qolganida shu savolni berishingiz mumkin. Hali oldinda o'yinlar juda ko'p. Barchasi bo'lishi mumkin.

- "Yunayted" ustidan qozoniladigan g'alaba qanchalik muhim?

- "Old Trafford"da g'alaba qozonib, bizning mentalitetimiz to'g'ri ekanligini ko'rsatmoqchiman. Ko'p o'yinlarda g'alaba qildik. Gap bizning g'olib yoki mag'lub bo'lishimizda emas, shunchaki g'alaba qozonib, mentalitetimiz to'g'ri ekanligini namoyish qilishimiz kerak.

O'rtamizda sog'lom raqobat yuzaga kelgan. "Siti" bosh murabbiyligidagi sakkizinchi mavsumim, shu davr mobaynida katta muammolar, munozarali holatlarni engib o'tdik. MYUni yutdik, ular ham yutishdi. Albatta, o'tgan mavsumda ular bizning treblni qo'lga kiritishimiz uchun jiddiy halaqit qilmoqchi bo'lishdi, - dedi Gvardiola.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика