MYU Brentueyt bilan kelishuvga erishdi
14 iyu 18:07
Yangiliklar
"Everton" himoyachisi Jarred Brentueyt "Manchester Yunayted" bilan kelishib oldi. Bu haqda "The Times" nashri xabar bermoqda.
Endi "Manchester Yunayted" "irislar" bilan kelishib olishi kerak. Hozircha muzokaralar og'ir kechmoqda. "Everton" futbolchi uchun 70 million funt talab qilmoqda.
Angliyalik futbolchi 2020 yildan beri "Everton" tizimida. 21 yoshli markaziy himoyachi o'tgan mavsum barcha turnirlarda 41 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan.
Fikrlar