MYU “Atletiko” va “Milan”ning taklifini rad etdi
30 avg 2018 08:25
Yangiliklar
MYU “Atletiko” va “Milan”ning taklifini rad etdi
MYU hujumchisi Antoni Marsyal keyingi faoliyatini Ispaniya yoki Italiyada davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, “Atletiko” va “Milan” ushbu hujumchini qo'lga kiritish maqsadida MYU rahbariyatiga aniq takliflarni jo'natishgan. Ammo hozircha ularga inglizlar rad javobini berishgan. OAVda tarqatilgan xabarlarga ko'ra, Marsyalning o'zi ham jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino bilan ziddiyatga borgani uchun klubdan ketish niyatida.
Ilgariroq Marsyal klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgandi. 22 yoshli hujumchi klubda qolib, boshi uzra qora bulutlar aylanayotgan Mourino jamoadan ketsa, yana maydonga tushishiga umid qilayotgani haqida aytilgandi.
Fikrlar