MYU 7ta sabab tufayli Amorimni tanlagan ekan
02 noy 2024 14:56
Yangiliklar
MYU 7ta sabab tufayli Amorimni tanlagan ekan
Portugaliyalik mutaxassis "qizil iblislar" ustozi Erik ten Xag o'rnini egallaydi. SHartnoma 2027 yilgacha mo'ljallangan.
MYUdagi ismi oshkor qilinmagan manba klub 39 yoshli Amorimni 7ta sabab tufayli tanlaganini aytdi:
1. Portugaliyalik "sinalgan g'oliblik ruhi"ga ega. U "Sporting" bilan ikki marta chempionatda va ikki marta Kubokda g'olib bo'ldi.
2. Unda 3-4-3 sxemasi asosida qurilgan aniq o'yin uslubi mavjud.
3. Uning obro'si.
4. Yoshlar bilan yaxshi ishlashi.
5. "Katta energiya"ga egaligi.
6. U "yangi sport tuzilmasiga to'g'ri keladi va klub transformaciyasida muhim rolni bajaradi".
7. Amorim "Yunayted" sobiq murabbiylaridan (Ten Xag, Joze Mourinyu, Ole Gunnar Sulsher) sezilarli darajada ajralib turadi.
Manbaning aytishicha: "Ruben - biz suhbat qurgan yagona murabbiy. Avvalgilari bilan muzokaralar bo'lmagan. Biz uni birinchi raqamli nomzod sifatida tanladik va Amorim bilan tez va tinch kelishib oldik.
Ruben - Evropa futbolidagi eng istiqbolli yosh murabbiy. U "Manchester Yunayted"ga kelayotganidan juda xursandmiz. U sinalgan g'olib".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar