So’nggi yangiliklar

15:11Саудия Арабистони клуби Салоҳ билан музокаралар олиб бормоқда, ушбу клубга ван Дейк ҳам қизиқ  0 15:10"Пахтакор" — "Динамо" 2:1 (Матнли трансляция)  16 14:37"Ювентус" — "Кальяри". Влахович асосий таркибда  1 14:00Рустам Турдимуродов: "Бутун стадион қизил рангга бурканди. Якунда "Андижон" ғалаба қозонишини кўнглим сезганди"  2 13:40Фарҳод Соҳибжонов: "Бу биз учун сўнгги финал эмас. Юрагим бироз оғриб қолди"  1 13:37Алонсо Бундеслигадаги 68% ўйинни ютди. Фақатгина Пеп, Флик ва Анчелоттида кўрсаткич ундан яхшироқ  3 13:15Бектемир Абдуманнонов: "Бу ғалабани раҳматли бувимга бағишлайман"  1 12:21Ўзбекистон кубоги тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 11:56"Месси ПСЖда вазият расво бўлганини айтди". "Шарлотт" собиқ ўйинчиси Лионель билан суҳбат ҳақида  9 11:24"Реал" собиқ хавбеки Гаго топ-клуб бош мураббийига айланади  0 10:47Кечаги учрашувда "Ливерпуль"нинг бир йўлла икки нафар асосий таркиб футболчиси жароҳат олди  2 10:10Ортиқча баҳоланган футболчилар рўйхати тузиб чиқилди  8 09:33Салоҳ учун асосий даъвогар жамоа маълум  0 09:00Саудия чемпионати. "Ал Наср" - "Ал Оруба" 3:0, Манеда дубл Роналдуда 1+1  0 08:56Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Динамо"ни меҳмон қилади  4

Mxitaryanning eng yaxshi o'yini. "Milan" qanday qilib "Arsenal"ga mag'lub bo'ldi? Yangiliklar

Mxitaryanning eng yaxshi o'yini. "Milan" qanday qilib "Arsenal"ga mag'lub bo'ldi?

Teglar :  MilanArsenal
Evropa ligasi 1/8 finali doirasida "Milan" - "Arsenal" uchrashuvi boshlangunga qadar londonliklar ustozi Arsen Venger intervyu berdi.

"Evropa ligasi orqaligina ECHLga yo'llanma olishimiz mumkin". O'tgan mavsumda bu ishni Joze Mourino boshchiligida APLning kuchli oltiligidan joy olgan MYU bajara olgandi.

GENRIX MXITARYAN "ARSENAL"DA ENG YAXSHI O'YININI O'TKAZDIGenrix "Emireyts"da "Everton"ga qarshi yaxshi bahs o'tkazdi, unda u assistentlik bo'yicha xet-trikni qayd etgandi. Biroq bu inqirozdagi mersisaydlik jamoa edi. "San-Siro"da esa armanistonlik futbolchi alo darajada o'ynadi. U chap qanotda to'p uchun yaxshi kurashdi. Davide Kalabriya Mxitaryan bilan tenglasha olmadi, shu orqali u "Arsenal" uchun debyut golini kiritdi. Ilk 45 daqiqalikda u ikkinchi golini ham kiritishi mumkin edi. Biroq biroz omad etishmadi.

BONUCHCHI JUDA YOMON O'YNADI



O'yinning yakuni "Milan"ning holatini aks ettirdi. Leonardo Bonuchchi Andre Silvaga uzoq masofadan pas berdi, bu esa juda noto'g'ri bo'ldi. Bonuchchi - "Arsenal"ning g'alaba qozonishida yaxshi sabab bo'ldi. Leonardo har doimgidek kichik paslarda aniqlikni namoyish etdi. "Arsenal" bilan bahsda 57dan 41ta pasini aniq sheriklariga uzatib bergan (72 foiz aniqlik). Biroq uning hisobida raqibdan to'pni olib qo'yish yo'q, 3 marta to'pni tepib yuborgan. Bonuchchi biror marta havodagi kurashda raqibni mag'lub eta olmadi. Unda burchakdan oshirilgan to'pdan keyin vaziyat bo'lgandi. Biroq u to'pga eta olmadi. U juda ko'p xato qildi. Leo Jorjo Kellinining "Tottenxem"ga qarshi o'yinini tomosha qilsa bo'lardi.

"MILAN" HIMOYACHILARI O'ZILNI YO'QOTIB QO'YDI

Mesut O'zilni tanqid qilish ancha oldin boshlangandi. CHunki u muxim bahslarda o'zini ko'rsata olmayotgandi. Germaniyalik futbolchi principial raqiblar bilan o'yinlarda o'zini yo'qotib qo'ydi. Ammo "Milan"ga qarshi uchrashuvda O'zil yaxshi o'ynadi. "Rossoneri"lar himoyachi Mesutga bo'sh hududlar ochib berishdi. U avvaliga Genrix Mxitaryanga chiroyli to'p uzatdi va golga assistent bo'ldi. Keyin esa Remziga ideal darajadagi pas berdi. Ikki vaziyat = ikki gol. O'zil Italiyada effektiv o'yin ko'rsatdi.

"MILAN" O'ZINI AYBLASHI KERAK

Jennaro Gattuzo boshchiligidagi jamoa juda yomon o'yin o'tkazdi. Milanliklarning raqibdan darajasi past ekanligi ko'rinib qoldi, bunda esa faqatgina o'zlari aybdor. Birgina Frank Kessini misol qilib keltirsak bo'ladi. U "kanonirlar" bilan bahsda juda ko'p xatolikka yo'l qo'ydi. Qizig'i, "Milan" raqibidan ko'ra ko'proq darvozaga zarba berdi - 16:8. Biroq David Ospina qiynalgani yo'q. Rino shogirdlari bilan jiddiy gaplashib olishi kerak.

EVROPA LIGASI - VENGER UCHUN YAGONA IMKONIYAT


"Arsenal" "Milan" bahsda yaxshi kayfiyat bilan g'alaba qozondi. Arsen Venger ham Evropa ligasi sovrini - ECHL uchun yagona imkoniyat ekanligini bilib turibdi. Agarda franciyalik murabbiy qo'l ostida "Arsenal" ketma ket ikkinchi marta CHempionlar ligasiga chiqa olmasa, mutaxassisning o'zi jamoada qolishi juda qiyin bo'ladi. Vengerning o'zi 2019 yilgacha bo'lgan shartnomasi yakunlanguniga qadar "Arsenal"ni boshqarishni istaydi. 1/8 finaldagi ilk o'yini esa Arsenga katta umid berdi.

Mirjalol Normatov tarjima qildi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика