So’nggi yangiliklar

10:25Sofascore. Мозговой БАА Пролигасидаги дебютидаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 10:23Илёс Зейтуллаев: "Жамоам ғалабага муносиб эди"  1 09:59Виктор Карпенко: "Бунёдкор" хатоларни кечирмаслигини ўйиндан аввал ҳам айтган эдим. Амалда шундай бўлди"  1 09:53Артета: "Олд Траффорд"да ғалаба қозонишимиз муҳим эди"  0 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:47Sofascore. Шомуродов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳо олди?  3 08:13Суперлига. Бугун Хоразмга катта футбол қайтади  7 07:45Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  7 07:10Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда ғалаба голини урди, "Андижон" ва "Сурхон" эса сафарда мағлубиятга учради  1 04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1 01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  2

Muzaffar Muzaffarov: "Neftchi" ikkinchi davrada haqiqiy shou ko'rsatadi" Yangiliklar

Muzaffar Muzaffarov: "Neftchi" ikkinchi davrada haqiqiy shou ko'rsatadi"

Toshkentda bo'lib o'tgan "Neftchi" hamda "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasidagi bahsdan so'ng "Neftchi" yarim himoyachisi Muzaffar Muzaffarov bilan suhbatlashdik.

"Toshkentda ikkinchi davraga jiddiy tayyorlanyapmiz. Xabaringiz bor, davralar oralig'ida tarkibda bir qator jiddiy o'zgarishlar yuzaga keldi. Yangi futbolchilar borasida ijobiy fikrdaman. Ularning jamoamizga katta foydasiga tegadi. Yig'in davomida bir qator foydali bo'lgan o'rtoqlik bahslarida ishtirok etmoqdamiz.  

Og'ir yuklamali mashg'ulotdan so'ng o'yinlarda ishtirok etish futbolchidan katta murakkablikni talab etadi. SHu bois, "Qizilqum" bilan bahsda to'liq imkoniyatlarimizni ishga sola olmadik deb o'ylayman. "Qo'qon-1912" bilan bahsda esa o'zimiz istagandek o'yin ko'rsatdik. Vadim Karlenovich bizga o'z futbol falsafalarini singdirib bormoqda. Murabbiy istagan o'yinni aynan qo'qonliklarga qarshi bellashuvda namoyish eta oldik degan fikrdaman. O'yindan zavq oldik.  

Bosh murabbiyimiz takidlaganidek, "Neftchi" ikkinchi davrada haqiqiy shou ko'rsatadi. Diqqat etiborimiz "Bunyodkor" bilan bahsga qaratilgan. O'zbekiston Kubogida hali imkoniyatlarimiz yomon emas. 

Ochig'i, birinchi davradan so'ng jamoadan ketmoqchi edim. Oldimda 5-6 ta klubdan aniq takliflar mavjud edi. Ular ichidan 2 tasi Toshkent jamoalaridan bo'ldi. Lekin Vadim Abramov va klub rahbariyati bilan suhbatdan so'ng jamoada qolishga qaror qildim", - dedi Muzaffarov 


Hojiakbar Jabborov suhbatlashdi

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика