So’nggi yangiliklar

02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  0 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  36 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  1 01:54Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди  1 01:10Фарҳод Нишонов: "Вазиятлардан фойдаланганимизда ўйин сценарийси бошқача кечиши мумкин эди"   1 00:56Неъматилло Қуттибоев: "Бугунги ғалаба – қаҳрамонлик. Йигитлар ва мухлисларга раҳмат"  0 00:50Гвардиола "Сити" билан шартномасини узайтирадими? Мураббийнинг ўзи жавоб берди  1 00:25"Арсенал" Троссарднинг маошини сезиларли даражада оширмоқчи  0 23:30Эрон. "Истиқлол" илк турда "Трактор"ни мағлубиятга учратди  1 23:23Гарначо "Бавария"га йўқ деди. Футболчи "Челси"га ўтмоқчи  2 22:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  1 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  10 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  9 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  3

Muzaffar Muzaffarov: “Navoiydagi o'yin menga juda yoqdi” Yangiliklar

Muzaffar Muzaffarov: “Navoiydagi o'yin menga juda yoqdi”

Navoiyda bo'lib o'tgan “Qizilqum” – “Neftchi” (2:2) bahsidan so'ng farg'onaliklar azosi Muzaffar Muzaffarov o'yin haqida fikr bildirdi.

-  Dastlab o'yin borasidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?
-  “Qizilqum”ga qarshi bahsga jiddiy xozirlik ko'rdik. Raqib  nomdor va tajribali o'yinchilarga ega ekanligi barchamizga yaxshi malum. SHunga qaramay, o'tgan turdagi g'alabadan ruhlangan holda safarga uch ochko niyatida bordik. Tezkor gol urishga erishdik va bo'lim oxirida ham navbatdagi golga egalik qilik. Xattoki, navoiylik muxlislar ham g'alabamizga shubha qilmagandi desam mubolag'a bo'lmaydi. O'yin menga juda yoqdi. Yigitlar Navoiyda o'tgan uchrashuvlarga nisbatan yaxshi harakatlanishdi. Biroq ikkinchi bo'limda g'alabani saqlab qola olmaganimiz yoqimsiz bo'ldi. 



-  “Qizilqum” Navoiyda juda kuchli o'yin namoyish etadi.  O'yin boshida kiritilgan tezkor gol va umuman mazkur omadli start haqida nima deysiz?
- Futbolchi uchun gol urish eng yoqimli holat sanaladi. Tezkor gol urib jamoaga foydam tekkanidan xursandman. To'g'risi o'yinni kechroq vaqtga qo'yilgani sababli yigitlar ham bellashuvdan zavq olib harakat qilishdi. CHunki uchrashuv vaqti futbol o'ynash uchun juda qulay vaqtga belgilandi. “Obod” bilan Farg'onada kechgan so'nggi uy o'yini juda erta vaqtga to'g'ri kelgandi. SHu sabab, o'yinimiz chiqmagandi. Endi “Navbahor” bilan bahsni qulay vaqtga belgilashadi deb umid qilaman.

-  "Neftchi” jamoasi 23 may kuni Farg'onada “Navbahor”ga qarshi navbatdagi derbida ishtirok etadi. Uchrashuvdan nimalar kutyapsiz?
-  “Neftchi”ning maqsadi bitta – hamisha g'alaba qozonish! Ha, namanganliklarga qarshi bellashuv ham qizg'in o'tishi aniq. Hali muxlislarni stadionga qaytaramiz. Men bunga ishonaman, - Muzaffarov.

“Neftchi” matbuot xizmati


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика