So’nggi yangiliklar

23:10Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" (матнли трансляция)  4 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  4 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  8 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  4 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  3 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  16 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  8 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0

Muzaffar Muzaffarov: “Men uchun “So'g'diyona”ni oliy ligada qolishi hamma narsadan muhim” Yangiliklar

Muzaffar Muzaffarov: “Men uchun “So'g'diyona”ni oliy ligada qolishi hamma narsadan muhim”

Jizzaxliklarni bugun muhim va shu bilan keyingi taqdirini hal qiluvchi o'yin kutib turibdi.

Olmaliq shahrida “Oq-tepa”ga qarshi kechadigan bahsga “So'g'diyona” futbolchilari har tomonlama tayyorgarlik ko'rishganini takidlashmoqda. Xususan jamoaning etakchilaridan biri bo'lgan Muzaffar Muzaffarov bo'lajak bahs oldidan quyidagilarni aytdi.

- “Buxoro”ga qarshi uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Raqibning “Neftchi”ga qarshi o'tkazgan o'yinining diskini ko'rib, o'rganib chiqqandik.  Sababi o'z uyimizdagi so'nggi bahsda g'alaba qozonib, muxlislarimizni quvontirgan xolda oliy ligada o'z o'rnimizni saqlab qolish asosiy maqsadlarimizdan biri edi. Afsuski dastlabki 10 daqiqada darvozamizdan tezkor gollarni o'tkazib yuborganimiz, hammasini o'zgartirib yubordi. Aks xolda o'yin surati umuman boshqacha kechishi ham hech gap emasdi. Bunday paytda istaysizmi yo'qmi tezkor gol futbolchini ruhan “sindirib” qo'yadi. Ammo shunga qaramay biz g'alaba ilinjida astoydil oxirigacha xarakat qildik.   

- Endi o'tgan uchrashuvdagi omadsizliklarni unutgan xolda, bor etiborimizni pley-offga qaratganmiz. Bosh murabbiy Davron aka Fayziev ruhiy jihatdan tayyorlashga urinmoqda. Buning uchun u kishiga rahmat. “Oq-tepa”ga qarshi uchrvashuvda borimizni berishga tayyormiz.  

- Pley-offdagi raqibimizning ham o'yini tushirilgan video tasvirlarni ham ko'rib, o'rganib chiqdik. O'ylaymanki biz kerakli natijani qo'lga kiritamiz.

- “Oq-tepa” haqida nima deyish mumkin? Raqibning kuchli tomonlari shuki tarkibda ilgari oliy ligada xarakat qilgan o'yinchilar jamlangan. Aksincha xolatlari esa fikr bildira olmayman. Bu bilan ularni mensimaslikka kirib qolmasin. Yuqorida aytganimdek har qanday xolatda ham biz yutuq uchun maydonga tushamiz. O'ylaymanki bunga imkoniyatimiz etarli.

- Jamoada ichki muhit alo darajada. Moliyaviy sharoitlarga keladigan bo'lsak, o'tgan yilgiga nisbatan yaxshi deyish mumkin. Bilasizmi shaxsan men uchun “So'g'diyona”ni oliy ligada qolishi hammasidan muhim. Qolgani keyingi darajali.

- Maydonda ko'proq Sanjar Rashidov bilan bir-birimizni yaxshi tushunib xarakat qilamiz. U bilan o'ynash menga ham oson.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика