So’nggi yangiliklar

12:05"Ютқазиш ва хато қилишдан қўрқиб, мухлисларни зериктириб қўйишмаса бўлгани" — Суперкубок олдидан сўз Суперлига матбуот котибларига  0 12:01"Ливерпуль” Алиссон билан шартномани узайтирди  0 11:33"Манчестер Юнайтед" Давид Раумни нишонга олди  0 11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  2 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  4 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  8 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  9 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  21 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  10 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1

Muxtor Qurbonov: Tayyorgarlikdan ko'nglim to'lmoqda Yangiliklar

Muxtor Qurbonov: Tayyorgarlikdan ko'nglim to'lmoqda

O'z vaqtida aqlli futbolchilardan biri bo'lgan Muxtor Qurbonov qaysi jamoada o'ynamasin, doim etakchi bo'lib kelgan.
Bugungi kunda murabbiylikda foliyat yuritayotgan Qurbonov ayni paytda birinchi liga ishtirokchisi "NBU-Osiyo"ni boshqarmoqda. Aytish kerakki, uning jamoasi bu yil ko'pchilikda iliq taassurot qoldirmoqda. Ikkinchi bosqich o'yinlariga bankirlarning tayyorgarligi qanday ketayotganini bilish maqsadida Muxtor Qurbonov bilan qisqacha suhbat qildik.

- Muxtor aka, jamoangizning ikkinchi bosqich uchun ko'rayotgan tayyogarligidan ko'nglingiz to'lmoqdami?
- Ha, sharoitimizdan kelib chiqib, mavsumning qolgan qismiga puxta tayyorgarlik ko'rishga harakat qilyapmiz. Mashg'ulotlar avvaliga kuniga ikki mahaldan o'tkazildi. Bazida bir mahaldan shug'ullandik. Yig'inni o'z qarorgohimizda o'tkazdik.

- SHuningdek boshqaruvingizdagi jamoaning o'rtoqlik uchrashuvlarida ham ishtirok etganidan xabarimiz bor.

- Ha, mashg'ulotlar bilan birga bazida sinov-nazorat o'yinlariga ham etibor qaratdik. CHunki hozir tarkibimizda ko'rikdan o'tish kelgan bir nechta futbolchilar bor. Ularni aynan nazorat o'yinlari orqali imkoniyatlarini tekshirib bormoqdamiz. SHu kungacha So'g'diyona, Qo'qon-1912 va SHo'rtan kabi jamoalar sparring-raqibimiz bo'ldi. Bugun esa Xorazm bilan yana bir o'rtoqlik o'yinini o'tkazamiz. Bu o'yin o'z maydonimizda kechadi.

- Ko'rikdan o'tish kelgan futbolchilarning qaysilari bilan kelishuvga erishdinglar?

- Hozircha hech bir futbolchini qolishi aniq emas. Bugungi o'yin ko'pchilikni taqdiriga oydinlik kiritadi. Farrux Nurliboev, Javlon Guseynov, Farhod Usmonov va bir qator yangi yosh futbolchilar ko'rikda bo'lib turishibdi.

- Jamoa bilan xayrlashgan futbolchilar ham bormi?

- Birinchi bosqichda to'purarlik mahoratini namoyish etgan iqtidorli hujumchimiz Husniddin G'ofurov Serbiyaning "Yavor" klubiga ko'chib o'tganidan xabaringiz bor. Undan tashqari gruziyalik legionerimiz Tariel Enukidze ham jamoadan ketdi. Bu futbolchi vataniga qaytib ketgan.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика