So’nggi yangiliklar

22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  1 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  4 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  3 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  32 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  4 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  45 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  14 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1

Muxtor Qurbonov: “Goldan keyin o'ynimiz chiqmadi” Yangiliklar

Muxtor Qurbonov: “Goldan keyin o'ynimiz chiqmadi”

“Nasaf”-“SHo'rtan”(3:1) uchrashuvidan so'ng dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Muxtor Qurbonov jurnalistlar savollariga javob berib o'tdi.

-Bugungi o'yinga boshqacha tayyorgarlik ko'rgandik. Afsuski, jamoalar o'rtasidagi oldinga qo'yilgan maqsad bo'yicha farq borligi ko'rinib qoldi. Gol urgan bo'lsak-da, keyinchalik futbolchilarni tanimay qoldim. O'yinni tashlab qo'yishdi.
 
 -Ikkinchi davrada o'yinlaringiz kuchaygandek. Qanday erishdingiz?
 
-Birinchi davradagi mag'lubiyatlar sababini o'rganib chiqdik va malum bo'ldiki, jismoniy tayyorgarlik susayganligini angladik. Taktika bo'yicha ham ko'proq ishladik va o'sish paydo bo'ldi. Birinchi davradagi xatolar bo'lmaganda 5-6 o'rinlar uchun ham kurashib ko'rardik.
 
-Birinchi davrada “SHo'rtan” jiddiy qarshilik ko'rsatgandi, bugun aksincha?
 
-Bugun jamoamizni tanimadim. “Nasaf”dan ham kuchli o'yin kutgandim. O'yin tempi ham pas bo'ldi. Biz gol urganimizdan keyin “kasallik”mi bilmadim, futbolchilar o'yinni tashlab qo'yadi. Bu kamchilikni bartaraf etish ustida ishlayapmiz.
 
-G'uzordagi o'yinlarni kechroq boshlashni iloji yo'qmi?
 
-Biz o'zaro kelishgan holda ilgariroq qo'yamiz. Raqib jamoa transporti bo'yicha muammo bo'lmasligi uchun ilgariroq boshlaymiz. O'yinlarni kechroq o'tkazish bo'yicha ham imkoniyatimiz bor.
 
-O'zbekiston kubogi finalida kimlar o'ynaydi? Mutaxassis sifatida fikringizni bildirsangiz
 
-Abramov kubok finali uchun kurashni to'xtatmagan. Ammo, menimcha, finalga “Nasaf” chiqsa kerak. Imkoniyatlar 70/30deb baholagan bo'lardim.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика