So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Muxtor Qurbonov: "Bu yil eng ko'p durangga biz erishayotgan bo'lsak kerak" Yangiliklar

Muxtor Qurbonov: "Bu yil eng ko'p durangga biz erishayotgan bo'lsak kerak"

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “SHo'rtan” bosh murabbiyi Muxtor Qurbonov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.
- Bugun uchrashuv og'ir o'tishini kutgandik. CHunki andijonliklar hozirgi paytda har bir o'yinda ochko uchun tushishyapti. Afsuski, o'yin biz kutgandek bo'lib chiqdi. Uchrashuv davomida to'pni o'zimizda nazorat qilgan bo'lsak-da, mehmonlar ham yomon harakat qilishgani yo'q. Ayrim vaziyatlarda ular qarshi hujumdan foydalanib gol urishlari ham mumkin edi. Afsuski, bugun bizga omad kulib boqmadi. Sababi Zafar Polvonovning zarbasidan keyin darvozaga kirib ketayotgan to'pga Igor Taran tegmaganda gol urardik. Nima ham qilardik, oldinga qarab yurishda davom etamiz. Har doim ham g'alaba qozonib bo'lmaydi. Menimcha, bu yil chempionat eng ko'p durangga biz erishayotgan bo'lsak kerak. Endi keyingi uchrashuvlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

- Taran ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadi. Nega uni almashtirmadingiz?
- Bizning asosiy hujumkor o'yinchilarimiz boshlang'ich tarkibdan joy olishdi. Zaxira o'rindig'ida o'yinimizni kuchaytirishi mumkin bo'lgan birgina futbolchi G'ulom-Haydar G'ulomov bor edi xolos. Ammo u ham bir kun oldim betob bo'lib qoldi. SHu sababli tavakkal qilib uni maydonga tushirgim kelmadi. Igor Taranda tajriba baribir katta. Balki gol urar deb kutgandik. Lekin aksiga olib, hujumchi kirib ketayotgan to'pga halaqit qildi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика