So’nggi yangiliklar

18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  0 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  4 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  22 17:08Ўзбекистон Эрон устидан қийин ғалабага эришиб, CAFA мусобақаси ғолибига айланган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 16:56U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди  56 16:36"Бухоро" "Навбаҳор" билан ўйинни уйида ўтказади  2 16:15МТЖ дарвозабонлар мураббийи: "Кападзенинг шартномасини билмайман, аммо мураббийлар штабининг шартномаси ЖЧ-2026 якунига қадар амал қилади"  5 15:47Эрон терма жамоаси мураббийи: "Бош ҳакамнинг қарорлари фақат Эрон зарарига бўлди. Қирғизистон ҳам ҳакамдан жабр кўрганди"  24 15:19Меҳди Тареми: "Ёмон воқеалардан сабоқ олиш сизни ривожлантиради"  14 14:51Тонали Гаттузо ҳақида: "У менга айтган ҳамма нарсани қадрлайман"  2 14:23Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум  0 13:40"Атлетик" футболчиси антидопинг қоидасини бузгани учун 10 ойга дисквалификация қилинди  2 13:11Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди  3

Muxlislarga murojaat! Geynrix bilan xayrlashuv uchrashuvi tashkil qilinishini istaysizmi? Yangiliklar

Muxlislarga murojaat! Geynrix bilan xayrlashuv uchrashuvi tashkil qilinishini istaysizmi?

Yaqinda Gollandiya terma jamoasining XXI asrdagi afsonasi Uesli Sneyderni terma jamoadagi xayrlashuv uchrashuvi bo'lib o'tdi.



Biz ham o'z qahramonlarimizni mana shunday tarzda kuzatsak yomon bo'lmas edi.

Bizda so'nggi marotaba Ulug'bek Baqoev, Viktor Karpenko va Maksim SHackixning xayrlashuv uchrashuvi bo'lib o'tgandi. JAR stadionida bo'lib o'tgan o'yinda O'zbekiston terma jamoasi Ummonga qarshi bahsda maydonga chiqqan va bu uch qahramon bir bo'lim maydonda to'p tepgan edi.



Xayrlashuv o'yini aniq scenariysiz haqiqiy hashar yo'li bilan o'tkazilgan edi. SHundan keyin MTJ bilan Timur Kapadze va Aleksandr Geynrix ham xayrlashdi. Kapadze muxlislar qarshisida xayrlashishni juda istadi, lekin unga imkoniyat berishmadi. Geynrixni ham unutdik.

Geynrix bizga ko'p hollarda quvonchli g'alabalarni taqdim etgan. Fikrimizcha u bunga munosib. Oktyabr oyida O'zbekiston milliy terma jamoasi ikkita uchrashuv o'tkazadi. Mayli Geynrix o'yin qaydnomasiga kiritilmasin. Lekin chiroyli tadbircha qilgan holda xayrlashuv uchrashuvni tashkil qilsak bo'ladi.



Stadion monitorida tasirli video, buni "Championat.asia" qoyillatib qilib bera oladi. Yuqoridagi TRIOning videosi saytimiz tomonidan taqdim etilgan edi.

Geynrix bunga haqli, yaqin orada uning saviyasida hujumchi chiqadimi yo'qmi bilmaymiz. Geynix misolida biz ko'plab yoshlarga namuna bo'lamiz. Qolaversa, bu ham O'FA tomonidan oldinga tashlangan bir qadam bo'lar edi.

Muxlislar bunga qanday qaraydi?


Reyting: +189   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика