So’nggi yangiliklar

08:32Суперлига. Бугун "Динамо" учинчи ўринга кўтарилиб олиши мумкин  0 08:05Миср терма жамоаси устози кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  7 07:39U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун нимчорак финал йўлланмаси учун майдонга тушамиз  6 02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  10 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  3 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  4 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  6 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  8 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  17 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  4 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  20 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  21 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  468

Muxlis qadri yoxud "Yangier"dagi o'yin oldidan yuzaga kelgan norozilik kayfiyati Yangiliklar

Muxlis qadri yoxud "Yangier"dagi o'yin oldidan yuzaga kelgan norozilik kayfiyati

Xabaringiz bor, hozirda musobaqa jadvali yuqori va quyi to'rtliklarga ajratilgan.

Bilasiz, yuqori to'rtlik jamoalari Superligaga chiqish uchun kurash olib boradilar, aniq maqsad qo'yilgan. Yuqori to'rtlikdan hozirga qadar Farg'onaning "Neftchi" va Samarqandning "Dinamo" klublari muddatidan avval elita yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Superliganing 12-jamoasi bilan o'tish o'yinida maydonga tushish huquqini beruvchi 3-o'rin egasi esa so'nggi turlarda hal bo'ladi. Bu yo'llanmaga Toshkentning "Olimpik" va Buxoroning "Nurafshon" jamoalaridan biri ega chiqadi.

Quyi to'rtlikda esa vaziyat boshqacharoq. Dastlab 10 ta jamoa bilan boshlangan Pro ligada ayni damda 8 ta jamoa qolgan, "Istiqlol" va "Oq-tepa" malum sabablarga ko'ra musobaqani tark etishdi. Aslida quyi to'rtlik jamoalari Pro ligada qolish uchun kurashishlari shart edi. Ikki jamoa chempionatdagi ishtirokini to'xtatganidan so'ng Pro ligani hech bir jamoa tark etmaydigan bo'ldi. Vaziyat borasida hech kimni ayblash niyatimiz yo'q, lekin quyi to'rtlik jamoalari ishtirokidagi o'yinlarda aniq maqsad yo'qolib qolgandek. Mayli, futbolchilarga o'yin amaliyoti uchun sharoit yaratib beraylik, murabbiylar shu kabi xotirjam ruhda o'tadigan uchrashuvlarda turli taktik uslublarni sinovdan o'tkazib olsin. Har holda maqsad shu kabi omillar asosida tashkil etilsa, maqsadga muvofiq.

Bugun Pro liganing quyi to'rtlik jamoalari o'rtasida 24-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Urganchda "Xorazm" G'uzorning "SHo'rtan" klubini qabul qilgan bo'lsa, "Yangier" o'z maydonida "Aral Samali" bilan kuch sinashdi. Tahririyatimizga etib kelgan malumotga ko'ra, Yangierda bo'lib o'tgan o'yin avvalida uchrashuvni stadionda tomosha qilish maqsadida kelgan muxlislar tashqarida qolib ketishgan. Aniq faktlarga tayanadigan bo'lsak, uchrashuvga kirish uchun chiptalar sotuvi yo'lga qo'yilgan va stadion kassasi o'yin boshlanishiga atigi 5 daqiqa qolganida ochilgan. Bunday vaziyatda tabiiy xolda kassa oldida turnaqator navbat yuzaga keladi, tom-manoda aytadigan bo'lsak, "ur-yiqit" holati sodir bo'ladi. Bazi jamoalar stadionlarga kirishni bepul qilib qo'yib ham muxlis to'play olmayotgan vaqtda "Yangier" klubi mutasaddilarining bu ishlari hayratlanarli.  

Umid qilamizki, klub mutasaddilarining mazkur holat bo'yicha o'rinli sabablari bo'lgan va kelgusida takrorlanmaydi. CHunki ayrim yosh muxlislar bilmasligi mumkin, "Yangier-Quruvchi" jamoasi o'ziga yarasha shonli tarixi bor bo'lgan nomdor klub. Mos ravishda jamoa qaysi ligada ishtirok etsa ham o'yinlarini tomosha qilish uchun keladigan muxlislari hamisha topiladi.

Bekzod Tolibov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика