So’nggi yangiliklar

18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  8 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  14 13:22Андреа Пирло Дубай жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  3 12:54"Алавес" "Барселона" тарбияланувчиси трансферини эълон қилди  3

Musobaqalar reglamenti – 2018: Intizom va jarima sankciyalari Yangiliklar

Musobaqalar reglamenti – 2018: Intizom va jarima sankciyalari

Teglar :  SuperligaPro-Liga
Ushbu mavsumdan boshlab, Superliga hamda Pro-Liga klublariga nisbatan ko'riladigan intizomiy hamda jarima sankciyalari o'zgartirildi.

Endilikda, klub, klub rasmiylari va boshqalarga qo'llaniladigan intizomiy va jarima choralari biroz o'zgardi.

Sankciyalar xarakteri hamda summasi O'FF Tarti-intizom Qo'mitasi tomonidan uning jiddiylik hamda yumshatuvchi omillari hisobga olingan holda belgilanadi. Jarima sankciyalari qo'shilib, umumiy hisoblanishi mumkin.

Klub (stadion)larga nisbatan qo'llaniladigan sankciyalar:

a) ogohlantirish;

b) uchrashuvni muxlislarsiz o'tkazish;

v) stadionni diskvalifikaciya qilish;

g) uchrashuvni neytral stadionda o'tkazish (boshqa shaharda);

d) uchrashuvni qayta o'tkazish;

e) uchrashuv hisobini bekor qilish;

j) texnik mag'lubiyat;

z) moddiy jarima 500 000 000 so'mgacha;

i) yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat bermaslik;

k) ochkolar olib tashlanishi;

l) musobaqa ishtirokchilari safidan chiqarilishi. Ushbu sankciyalar quyidagi holatlarda qo'llaniladi:

5.2. Maydondan beruxsat chiqib ketish, uchrashuv o'tkazishdan bosh tortish:

texnik mag'lubiyat;
pul jarimasi.

5.3. Uchrashuvga tashrif buyurmaslik:

texnik mag'lubiyat;
pul jarimasi;

SHuningdek, klub rahbarlari, rasmiylar va futbolchilarning uchrashuvdan oldin, uchrashuv davomida hamda uchrashuvdan keyingi noetik, sportchilarga hos bo'lmagan hatti-harakatlari uchun;

Hakamlar, nazoratchi, PFL komisssari, mehmon jamoa hamda uchrashuvning boshqa rasmiylarini kutib olish hamda kuzatishda Reglament talablarini bajarmasa;

Musobaqalar reglamenti asosida klublar hamda stadionlarga qo'yilgan har qanday talablar bajarilmasa, ularga nisbatan shuningdek, 500 000 000 so'mgacha jarima qo'llanilishi mumkin.

Rasmiy shaxslar, klub (jamoa) rahbarlari hamda klubning boshqa xodimlariga nisbatan qo'llaniladigan intizom va jarima sanciyalari:

a) ogohlantirish;

b) O'zbekiston CHempionati, O'zbekiston Birinchiligi hamda O'zbekiston Kubogi uchrashuvlarini o'tkazish bilan bog'liq rasmiy majburiyatlaridan diskvalifikaciya qilish yoki malum muddatga chetlatish;

v) 500 000 000 so'mgacha moddiy jarima;

g) murabbiydan licenziyasini olib qo'yish;

d) har qanday turdagi futbol faoliyatidan malum muddatga chetlatish.

Ushbu sankciyalar uchrashuvdan oldin, uchrashuv vaqtida yoki uchrashuvdan keyingi har qanday noetik va sportchilarga hos bo'lmagan hatti-harakatlar, musobaqa o'tkazish hamda licenziya bo'yicha talablar qo'pol ravishda buzilsa va shu kabi boshqa holatlarda qo'llaniladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика