So’nggi yangiliklar

13:45"Манчестер Сити" Ҳусановга Италия А Сериясидан рақобатчи топди  2 13:18"Бешиктош" қозоғистонлик футболчини трансферга қўяди  0 12:50Тарихда шу кун. "Бунёдкор" - "Гамба Осака" 3:2. Шарқда учган "қалдирғоч"  0 12:32Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Тошкент вилояти ФА U-16дан йирик ҳисобда устун келди  0 12:10"Реал" учта трансферни амалга оширади  9 11:47Артета Гвардиолага раҳмат айтди  3 11:23УЕФА "Арсенал" дарвозасига берилган пенальтининг бекор қилиниши бўйича баёнот берди  8 10:47Анчелотти мавсум якунланмасдан ишдан олиниши мумкин  5 10:18Пролига. Бугун «Олимпик» дербиси бўлиб ўтади  0 09:48МЮ жорий мавсум ушбу натижага эришган ягона жамоа  5 09:20Зотеев кечаги мағлубиятдан сўнг мухлисларга мурожаат қилди  35 08:51Расман. Ла Лигадан кейинги мавсум 5 та жамоа EЧЛда иштирок этади  14 08:23ЕЧЛда ҳафта рамзий жамоаси эълон қилинди  3 07:56Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи навбатдаги ғалабадан сўнг нималар деди?  24 07:30Суперлига. Бугун 6-турга старт берилади  3

Musiqa yozayotgan ajoyib futbolchi bilan antiqa suhbat Yangiliklar

Musiqa yozayotgan ajoyib futbolchi bilan antiqa suhbat

Teglar :  David AlabaBavariya
"Bavariya" klubi rasmiy sayti zamonaviy futboldagi eng kuchli chap qanot himoyachilaridan biri David Alaba bilan noananaviy tarzda intervyu tashkil qildi.

"Bavariya" futbolchisi bilan suhbat Myunxendagi ovoz yozish studiyasida bo'lib o'tdi. Bu erda David Alaba bo'sh vaqtida o'z xobbisi, yani musiqa yozish bilan shug'ullanadi. Alaba rep o'qishni, qo'shiq kuylashni xush ko'radi. Bir so'z bilan aytganda, Alaba oilasining ko'p yillik ananalarini havaskor tarzda davom ettiradi. Alabaning otasi Djordj didjey va repper hisoblanadi. Opasi esa Rouz Mey qo'shiqchi sifatida faoliyat yuritadi.

- David, musiqa yozishni qachon boshlagansan?
- avvalo shuni aytishim kerakki, qo'shiqchilik qonimda bor. Men sanatkorlar oilasida ulg'ayganman. Uyga kelganimda otam ham, opam ham qo'shiqchilik bilan shug'ullanishardi. Onam ham musiqani juda xush ko'radilar. Bu esa o'z-o'zidan menda ham musiqaga bo'lgan muhabbatni uyg'otgan.

- Musiqa asbobida o'ynashni bilasizmi?
- Yoshligimda men fortepianoda o'ynashni o'rganganman. Keyinchalik gitara chalishga qiziqdim va buni ham uzlashtirdim. Menga ko'proq musiqa yaratish yoqadi. Futboldan keyin musiqaga ulanish yoqimli. Men shu tariqa hordiq chiqaraman.

- Studiyada ilk bor mikrafon qarshisida paydo bo'lganizda qattiq asabiylashgansizmi?
- Men opam studiyada qanday musiqa yozishini diqqat bilan kuzatardim. Birinchi bor mikrafon qarshisida paydo bo'lganimda g'alati hissiyotlarni boshdan kechirganman. O'zimni ovozimni eshitish menga boshqacha tuyulgan. Xuddi shu holat o'z intervyularimni ko'rayotganda ham takrorlanadi. SHunaqa pallalarda ovozim o'zimga juda xunuk eshitiladi. Lekin vaqt o'tishi bilan ovozim ancha sayqallashib bordi.

- Studiyadagi ishingdan qoniqyapsanmi?
- Men o'zimni yaxshi qo'shiqchi emasligimni va ovozim eng yaxshisi emasligini ham bilaman. Lekin buning ustida ish olib borsa bo'ladi. Lekin yakunda tayyorlagan ijod mahsulim menga yoqadi.

- "Instagram"dagi sahifangizda opangiz bilan birga duet aytgan videoni joyladingiz. Rostmana duet kuylash niyati bormi?
- Duet kuylash rejadan o'rin olmagan. Bu shunchaki o'zimiz, do'stlarimiz uchun qilinadigan ijod mahsuli xolos. Qo'shiq kuylash men uchun xobbi. O'zim yaratgan musiqa yoki qo'shiqlarni keng ommaga taqdim etmoqchi emasman. Bu kichik doira uchun.

- Qo'shiqlaringiz oila azolaringizda yoqadimi?
- Opam meni ko'p maqtaydi. Qo'shiqlarim unga yoqadi. Otam esa tanqidchi. U asosan kamchiliklarim va xatolarimni tanqid qiladi. Otamni aytishicha, men qo'shiqni yaxshi kuylayman. Lekin maydonda bundanda yaxshiroq ekanligimni takidlaydi. Musiqa bizning oilada eng asosiy mavzulardan biri sanaladi. Sanat sohasidagi tushunchalarim bor. Musiqa bizni birlashtiradi, desam mubolag'a bo'lmaydi.

- Uzoq masofadagi hayot oilaga bo'lgan munosabatni qay darajada o'zgartirdi?
- Oila azolarim bilan doimo iliq munosabatda bo'lganmiz. Barcha ishni bamaslahat amalga oshiramiz. Myunxenda ilk kelgan kunlarim oilam meni juda yaxshi qo'llab-quvvatlagan. Bu menga juda katta ko'mak bo'lgan. Ota-onam dastlabki yillari birorta uy o'yinini o'tkazib yuborishmasdi.

- O'shanda siz Zebenershtrassedagi yoshlar akademiyasidagi yotoqxonada istiqomat qilardingiz. Yaqinda esa "Bavariya"dagi yangi barpo etilgan yoshlar markaziga borgandingiz. Qanday xotiralarni yod oldiz?
- Farq ancha katta. Hozirgi sharoitlar yanada yaxshilangan va akademiya hududi juda katta. Yoshlar uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Ular kelajakda o'z orzularini amalga oshirishlari uchun barcha imkoniyatlar ochilgan. Mashg'ulot uchun maydon, stadion, juda bahaybat mashg'ulotlar zali, fizioterapiya bo'limi, hordiq chiqarish uchun xona va bilyard hamda "playstation" o'ynash imkoniyatlari mavjud.

- Akademiyadagi bolalar qanday savollar bilan qiynashdi?
- Ularni hamma narsa qiziqtiradi. So'ramagan savollari qolmadi (kuladi). Men ham ularni yoshida aynan shu savollar bilan yulduzlarga murojaat qilardim.

- Ularga beradigan maslahatingiz bormi?
- Hech qachon o'z imkoniyatni qo'ldan boy berma. Ko'zlagan maqsading sari dadil intil. Futbolchi har kuni o'zini yaxshi taraflama ko'rsata olishi lozim. To'xtab qolish yaramaydi. Futbolda har qanday holat yuz beradi. Senga zarba berishmoqchi bo'lishadi va sen qachondir o'sha zarbani qabul qilib olasan. Lekin unutma, senda yana oyoqqa turish imkoniyati paydo bo'ladi. Ana o'shanda sen yana tik turishing kerak. Futbolchi doim eng yuqori marralarni orzu qilishi kerak. Busiz sportda muvaffaqiyat qozonib bo'lmaydi.

- Siz yosh o'sib kelayotgan yoshlar haqida qayg'uryapsiz. O'z vaqtida "Bavariya"da siz haqingizda Frank Riberi juda ko'p qayg'urgan va bu borada eng yaqin ko'makchingiz bo'lgandi...
- 2010 yilda meni chinakamiga omadim kelgan. CHunki o'shanda men juda ahil va inoq jamoaga qo'shilganman. "Bavariya"dagi barcha futbolchilar yoshlarga to'g'ri yo'l ko'rsatishardi va xatolarini bosiqlik bilan tushuntirishardi. Bastian SHvaynshtayger, Mario Gomes, Filipp Lam hamda Frank Riberi menga juda katta yordam ko'rsatishgan. SHu darajaga chiqishimda ularning ham xizmati bor. sanab o'tgan futbolchilarim faoliyatimda juda muhim insonga aylanishgan. Frank birinchi kundayoq mendan o'z maslahatlarini ayamagan. Hozirda esa biz eng yaqin do'stlar, qadrdonlarga aylanganmiz.

- Aytgancha, Riberi sizning qo'shiqlaringiz haqida nima deydi?
- Qo'shiqlarim unga juda yoqadi. Frank ko'proq francuzcha musiqalarni tinglashni yoqtiradi. Lekin meni ijroimdagi qo'shiqlar ham unga manzur.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика