Musiala: "Ushbu JCH biz uchun katta voqea bo'lishi kerak edi"
05 dek 2022 11:20
Yangiliklar
Musiala: "Ushbu JCH biz uchun katta voqea bo'lishi kerak edi"
Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Jamol Musiala guruh bosqichidan so'ng Bundestimning JCH-2022dan chiqib ketganiga izoh berdi.
"To'g'ri so'zlarni topish men uchun qiyin. Ushbu Jahon chempionati biz uchun katta voqea bo'lishi kerak edi, yuqori maqsadlarni ko'zlagandik. Afsus", – deb yozdi Musiala ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o'tamiz, Germaniya to'plar farqi bo'yicha Ispaniyaga ikkinchi o'rinni boy berdi. Nemislar ketma-ket ikkinchi JCH pley-off bosqichiga chiqa olishmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar