So’nggi yangiliklar

14:53Ҳоланд, Нету, Винисиус Европанинг энг тезкор футболчилари қаторидан жой олди  1 14:25Мбаппе Упамеканони "Реал"да кўришни хоҳлайди  1 13:58"Челси" собиқ футболчиси юрак муаммолари туфайли касалхонага ётқизилди  0 13:32Ўзбекистон – Миср учрашуви дуранг билан якун топса, экстра таймларга мурожаат қилинадими?  1 13:05Ўзбекистон МТЖ иштирокидаги мусобақа ТВда кўрсатиладими?  6 12:41Лапорта Флик шартномани узайтиришига ишонади  0 12:37U-17 Жаҳон чемпионати. Интизомли, мустаҳкам ва самарали жамоа — Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби ҳақида  4 12:13"Барселона" афсонаси молиявий фирибгарликда гумон қилинмоқда  2 11:47Мбаппе мамлакатини ўзгартириши мумкин: Жазоир юлдузни жалб қилишга тайёр  3 11:19Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Жаҳон чемпионатида Хорватияни қандай енгганди?  3 11:15Қайтиш яқинми? Клопп дунёнинг энг кучли жамоаларидан бирини бошқариши мумкин  3 10:50Евро-2028. Очилиш ва финал учрашувларига мезбонлик қиладиган стадионлар маълум  3 10:24Флик Мессини "Барселона"га қайтишига қарши  5 09:56"Реал"нинг асосий футболчиларидан бири терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  1

Murod To'ychiboev: "Surxon"ga o'tganimdan afsusdaman. Futbolimizda esa o'zgarish sezmadim" Yangiliklar

Murod To'ychiboev: "Surxon"ga o'tganimdan afsusdaman. Futbolimizda esa o'zgarish sezmadim"

Termizning "Surxon" jamoasi ikkinchi davrada tarkibini bir necha nafar tajribali futbolchilar bilan to'ldirib oldi.

Jamoaning Superligada o'rnini saqlab qolishiga qaysidir manoda tarkib kuchaytirilgani ham sabab bo'ldi, deya olamiz. Lekini yangi kelib qo'shilganlardan Murod To'ychiboev ko'p ham o'yin amaliyotiga ega bo'lmadi. Buning boisi nimada? Qanday muammo bor edi? Yarim himoyachi saytimizga bergan intervyusida bu haqida alohida to'xtaldi. 


- Gruziya chempionatidan so'ng O'zbekistonning pastki o'rindagi jamoasi "Surxon"ga o'tish ortga tashlangan qadam emasmidi?

- Avvalambor assalomu aleykum. Men ayrim insonlarning so'ziga kirib "Surxon"ga o'tgan edim. Ushbu klubga kelib katta xato qilgan ekanman. Ochig'i afsusdaman. 

- Mazkur qaror tavakkal qabul qilinganmidi?

- Ha, buni tavakkal desam ham bo'ladi. Inson hayotda gohida shunday ham qilib turishi kerak. Bunda xatolar ham yuz beradi. 

- Pastki o'rindagi jamoaga kelayotgan futbolchida klubga nisbatan ishonch muhim o'rin tutadi. "Surxon"ni Superligada qolishiga ishonganmidingiz?

- Jamoani elitada qolishiga ishonchim katta emasdi. Biroq biz buni uddasidan chiqa oldik. Qisqasi omadimiz keldi. 

- Bor imkoniyatlaringizni ko'rsatishingizga nima to'sqinlik qildi? Keyingi faoliyatingiz qanday kechadi?

- Ha, albatta. Evropada oz muddat o'ynagan bo'lsam ham o'zimni ko'rsata oldim, deb o'ylayman. CHunki Gruziyaning 1-2ta klublaridan takliflar bo'lib turibdi. Nasib qilsa yangi yildan so'ng barchasiga aniqlik kiritib olaman. 

- Yozda Tailand va boshqa Osiyo klublaridan takliflar chiqqani haqida o'qigandik. Niyat Evropaga ketishmi?

- Har bir futbolchi o'z oldiga katta maqsadlarni qo'yadi. Niyatim xorijdagi yaxshi klublarda to'p tepish. Balki o'zimizdan variantlar chiqsa ko'rib chiqaman. 

- Oradagi malum tanaffusdan so'ng O'zbekiston chempionatiga qaytdingiz. Qanday o'zgarishlarni sezdingiz?

- 3 yildan so'ng O'zbekiston chempionatiga qaytdim. Jarohat olganimga qaramay oz bo'lsa ham to'p tepdim. Futbolimizda katta o'zgarishni sezganim yo'q. Balki terma jamoamiz Jahon chempionatiga chiqa olmagani sababdir. Lekin iltimos qilib qolardim, o'zbek futboliga yaxshi sharoitlar yaratilishi lozim. Ishonchim komilki O'zbekiston albatta mundialga chiqadi.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика