Murod Otajonov: “Yo'qotilgan ochkolar o'rnini keyingi uchrashuvlarda to'ldirishimiz kerak”
29 apr 2014 14:42
Yangiliklar


Murod Otajonov: “Yo'qotilgan ochkolar o'rnini keyingi uchrashuvlarda to'ldirishimiz kerak”
“Buxoro” – “Bunyodkor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumada “Bunyodkor” murabbiyi Murod Otajonov qatnashdi.
- Uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionga juda ko'p muxlislar tashrif buyurdi. Ko'pchilik ko'rdi. SHu boisdan ham o'yin haqida to'xtalib o'tmoqchi emasman. Osiyo CHempionlar ligasidagi safar o'yinidagi g'alabadan so'ng Buxoroga juda yaxshi kayfiyatda kelgandik. Ammo ko'p narsa o'zgarib ketdi. Endi keyingi uchrashuvlarga puxta tayyorgarlik ko'ramiz. Yo'qotilgan ochkolar o'rnini navbatdagi uchrashuvlarda to'ldirishga harakat qilamiz, - deydi Murod Nodirovich.

Fikrlar