So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  5 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  3 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  7 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  61 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  42 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

Murod Ismoilov: “Muxlislarga hech nima vada bermayman” Yangiliklar

Murod Ismoilov: “Muxlislarga hech nima vada bermayman”

Kecha Farg'onada o'tgan muxlislar bilan ochiq muloqot chog'ida, ishqibozlar Tohir Kapadzedan jamoa bosh murabbiyi Murod Ismoilovni ham muloqotga kelishini so'radi.

“Neftchi” klubi raisi o'z navbatida muxlislarning rayini qaytarmadi-da, Ismoilovni chaqirtirdi. Garchi mashg'ulot jarayoni davom etayotgan bo'lishiga Murod Muzaffarovich tribunada o'tirgan ashaddiy ishqibozlarni savollariga javob berish uchun keldi. Ochig'ini aytganda, ushbu taqdimot marosimi norasmiy muloqotdek o'tib ketdi. Muxlislar keyin futbolchilarni ham kelishlarini so'rab, murabbiyga murojaat qilishdi. Maydonda “Lokomotiv” bilan o'yinga astoydil tayyorgarlik ko'rayotgan futbolchilarni chalg'itmaslik uchun Ismoilov muxlislarga to'g'ri tushunishlarini so'radi va baribir ishqibozlar qatiy turib olganidan so'ng, Jahongir Mehmonov bilan Mansur Saidov ham muxlislar qarshisida paydo bo'ldi. Quyida esa “Neftchi” ustozining bildirib o'tgan fikrlarini o'qishingiz mumkin.  

- Davralar oralig'ida tarkibimizda yuz bergan o'zgarishlar haqida batafsil hozir aytmasam ham sizlarga yaxshi malum. Buni matbuotda ommaviy axborot vositalari etarlicha yoritdi. 


- Murod aka, “SHo'rtan”dan yirik hisobda uchralgan mag'lubiyatni qanday izohlaysiz?
- G'uzorga borgan ishqibozlarimizdan so'rashingiz ham mumkin, shu kuni butun jamoani o'yini chiqmadi. Bungacha zo'r o'ynab turgan futbolchilarning shu kuni negadir o'yini qovushmadi. O'yin video tasmasini qaytadan ko'rib chiqib, tahlil qilamiz va yo'l qo'yilgan xatolarni bartaraf etish uchun ishlaymiz. Bahsdan so'ng kiyin xonasida yigitlarga aytgan gapim shu bo'ldiki: har biringlar diskni olib, ko'rib chiqinglar, kim nimaga qodir-ku, shu kuni nima qildi? Qolgani o'zinglarni vijdoninglarga havola dedim. To'g'risi, navbatdagi raqibimiz “Lokomotiv” bo'lgani uchun ham futbolchilarimga ortiqcha bosim qilib, jiddiy tanbeh berishni lozim topmadik. Futbolda yutuqlar bilan mag'lubiyatlar ham doimo yonma-yon yuradi. Faqat undan to'g'ris xulosa chiqarib olish muhim.

- “Lokomotiv” bilan o'yin ko'p narsani hal qiladi?
- Hal qiladi deganda, nimani nazarda tutdingiz?

- Agar g'alaba qozonsak, medallar uchun kurashda imkoniyatni saqlab qolamiz. Aks xolda...
- Ha. Ko'ryapsizlar mashg'ulotda har bir futbolchi astoydil ishlamoqda. Barchamizni maqsadimiz shu kuni g'alaba qozonib, rahbariyat va muxlislarni oldida yuzimiz yorug' bo'lishi kerak. Buni uddalasa bo'ladi.

- O'zi “Neftchi”ni bu yil 3-o'rinni olish imkoniyatini qanday baholaysiz?
- Oldin ham aytganman, men ishqibozlarga hech nima vada bermayman. Balki chempion bo'larmiz. Aksincha 4-5-o'rinni olarmiz. Buni Yaratgan biladi xolos. Hozir sizlarga chempion bo'lamiz desam, rejalarimiz amalga oshmay qolsa bo'lmaydi. SHuning uchun kelinglar yaxshi niyat qilaylik va imkon qadar yuqori o'rinni band etish uchun astoydil ishlaylik. Qolganini vaqt ko'rsatadi. 


- Jahongir Mehmonov nega “SHo'rtan”ni bilan o'yinni o'tkazib yubordi?
- Mehmonovning safdan chiqishi kutilmaganda yuz berdi. Uni G'uzorga olib ham ketgandik. Faqat o'yinoldi mashg'ulotda to'satdan oyog'idan jaroxat olib qoldi. Bu esa tashvishimizni oshirdi. Albatta Jahongirning yo'qligi ham salbiy tasirini o'tkazmasdan qolmadi.

- Aybek Nurboevni nima uchun olib qolmadinglar? Hozir u juda kerak edi?
- Aybek Nurboev juda yaxshi futbolchi. Uning mahoratiga shubha bo'lishi mumkinmas. Lekin bilasizmi birinch davrada jamoamizda yuzaga kelgan raqobatda u yuta olmadi. Ko'pincha zaxirada qolib ketdi. SHu bois davralar oralig'ida Aybek oldimga kelib, ko'proq o'yin amaliyotga ega bo'lishini xohlayotganini aytdi. SHunda biz uni “Qo'qon-1912” jamoasiga ijara asosida berdik. Mavsum yakuniga etgach, Nurboevni yana safga qaytaramiz. Lekin oldindan bir nimani bilib bo'lmaganidek, Mehmonovni ham safdan chiqishini kim o'ylabdi deysiz.

- Ko'p o'yinlarda yigitlar bitta gol urib olganidan keyin o'yinni susaytirib yuboryapti. Jamoada ruhshunos bormi?
- Yo'q. Hozirgacha murabbiylar shtabidagi yordamchilarim bilan bu borada ham ishlab kelyapmiz. Balki bunga juda extiyoj sezadigan bo'lsak, rahbariyat bilan maslahatlashgan xolda ruhshunos ham jalb etarmiz. Ammo keladigan o'sha ruhshunosni ham jamoaga foydasi tegadigan bo'lishi shart deb o'ylayman. SHundagina biz bilan ishlasa bo'ladi.


Islombek Rustambekov yozib oldi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика