Murod Ismoilov: "Hakamlik nozik mavzu..."
30 iyu 2013 21:20
Yangiliklar
Murod Ismoilov: "Hakamlik nozik mavzu..."
"Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvidan so'ng maydon egalari ustozi Murod Ismoilov o'z fikrlarini bildirdi.
"Avvalo mana shunday og'ir ob-havoda maydonga tushib futbol o'ynagan yigitlarga rahmat aytmoqchiman. Tashqarida o'tirgan odamga issiq edi, maydonga tushib yugurish esa umuman og'ir edi. Har ikkala jamoa futbolchilari yaxshi o'ynashdi. SHogirdlarim yaxshi harakat qilishdi, gol ham urishdi, ammo bu golimiz inobatga olmadi. "Nasaf" jamoasi ham bugungi o'yinga puxta tayyorgarlik ko'rishgan ekan. Bugungi o'yin tanaffusdan keyingi ilk uchrashuvimiz edi, shu bois futbolchilar biroz sekinroq harakat qilishdi", - deydi Ismoilov.
"Oldingi Boyanni biz ham "qidirayapmiz". Ammo jarohat olib ikki yilni o'tkazib yuborgani oldingi holatiga qaytishi qiyin bo'ladi. Bundan tashqari uning yoshi ham o'tdi, oldingi holatiga chiqishi uchun ko'p ter to'kishi kerak bo'ladi".
"Hakamlik juda nozik masala. Ular haqida gapirmay qo'ya qolaylik".
"Bugun biz ikki hujumchi bilan o'ynadik. Keyingi o'yinlarda bunday taktikani o'yining boshidan amalga oshirishimiz mumkin".

championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar