So’nggi yangiliklar

08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  0 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  3 07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  6 07:20Суперлигада иккинчи давра бошланишига 10 кун қолганида навбатдаги истеъфо рўй берди  5 00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  2 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  3 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  7 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  13 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  3 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  13 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  17 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3

Murod Ismoilov: “Gol urishda oqsayapmiz” Yangiliklar

Murod Ismoilov: “Gol urishda oqsayapmiz”

“Neftchi” – “Metallurg” (2:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Murod Ismoilov ishtirok etdi.
- Avvalambor bugungi g'alaba bilan muxlislarimizni tabriklayman. Ular bugun bizni yaxshi qo'llab-quvvatlashdi. O'yinga keladigan bo'lsak, yigitlar biroz og'irroq xarakat qilishdi. Aslida uchrashuvga tayyorgarlik yaxshi bo'lgandi. Lekin negadir chetdan ko'rganda og'irroq xarakat qilishgandek tuyuldi. SHunga qaramay bugun g'alabaga erishdik. O'yinga tayyorlanish jarayonida har bir chiziq bo'yicha maxsus hozirlik ko'rilgandi. Afsuski o'ylagan ishimiz amalga oshmadi. So'nggi vaziyatlarda tushunmovchiliklar bo'ldi. SHuning uchun ham o'yinimiz qovushmadi shekilli.

- “Metallurg” yaxshi jamoa. Etakchilarga jiddiy qarshilik ko'rsatib kelganini yaxshi bilamiz. To'pni o'zida nazorat qilish va qarshi xujumlarni samarali yakunlash borasida yaxshi shakllangan. Bu jamoani o'rganish jarayonida, aynan shu xolatlar bo'yicha maxsus tayyorgarlik ko'rilgandi.
- Garchi bugun o'zimizni o'yinimiz unchalik chiqmagan bo'lsada, lekin nazarimda raqib jamoaning kuchli tomonlarini yopishga imkon topdik. Darvozamizga kiritilgan goldan tashqari, qolgan vaziyatlarda nozik tomonlarini yopdik deb o'ylayman.

- Gol urish borasida oqsayapmiz. Etibor bersangiz o'z darvozamizdan gol o'tkazib yuborish borasida etakchi jamoalar qatoridamiz. Lekin raqib darvozasiga gol urish borasida ishlarimiz yaxshi emas. Demoqchimanki, himoyada o'ynashni o'zlashtirib oldik. Endi hujumlarni gol bilan yakunlash ustida jiddiy ishlaymiz. Bugun ham gol urish uchun imkoniyatlar ko'p bo'ldi.

- Hali ko'p ishlashimiz kerak. Kamchiliklar bisyor. Texnika va taktika borasida. Qolaversa jismoniy tayyorgarlik borasida ham ishlanilishi kerak. Kurashchan va yakdil jamoani shakllantirish uchun ozgina vaqt kerak bo'ladi. Afsuski hozir futbolda natija birinchi o'ringa chiqmoqda. Murabbiyning taqdirini ham natija hal qilmoqda. O'yin bo'lgani bilan natija bo'lmasa murabbiyga qiyin bo'lmoqda. O'ylaymanki biz hozir to'g'ri yo'ldan ketmoqdamiz. Agarda turli extiroslarga berilmasdan o'z yo'nalishimni yo'qotmasdan ishlasam, ishonamanki "Neftchi" kurashchan jamoaga aylanadi, - deydi Murod Ismoilov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика