So’nggi yangiliklar

09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  0 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  0 07:52Роналду ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  10 07:24МЛС. Мессисиз "Интер Майами" мусобақа аутсайдерини мағлуб эта олмади  2 07:05Суперлига. "Насаф" сафарда "Сурхон"ни енгди, "Хоразм" эса ОКМК майдонида мағлубиятга учради  0 02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  62 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  5 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  2 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  2 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  2 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  10 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  12

Murod Ismoilov: "Bugungi o'yin uchun shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman" Yangiliklar

Murod Ismoilov: "Bugungi o'yin uchun shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman"

"Andijon" - "Neftchi" (1:3) uchrashuvidan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Murod Ismoilov qatnashdi.
“Avvalambor 27 iyun - Xalqaro OAV kuni munosabati bilan barchalaringni chin qalbimdan tabriklayman",- deb gap boshladi Murod Ismoilov.

Endi o'yinning o'ziga keladigan bo'lsak, oxirgi turlarga kelib jamoamizning o'yini qovushishni boshladi. Jamoamiz o'yinchilari yakdillik bilan harakat qilishni boshlashdi. Bugun yigitlar berilgan ko'rsatmalarni imkon qadar bajarishga harakat qilishdi. Oldingi o'yinlarga qanday tayyorgarlik ko'rgan bo'lsak, "Andijon"ga ham shunday tayyorgarlik olib bordik. Turnir jadvalida "Andijon" jamoasi bilan yonma-yon kelayotgandik. SHuning uchun har qanday g'alaba jamoaga o'zgacha ruhiyat olib kirishi aniq edi. Mezbonlardan biz kuchli qarshilikni kutgan edik. Xudo shukurki, biz yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib qoldik. Bugungi o'yin uchun shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman.

- Biz birinchi bo'lim davomida to'p oshirishlarda xatolarga yo'l qo'ydik. Tanaffus vaqtida bunday xatolarga yo'l qo'ymaslik zarurligi haqida aytib o'tdim. "Andijon" jamoasi asosan qarshi xujumlarga tayangan holda o'yin olib bordi.

- CHempionat boshlarida jamoamizda ozgina sarosimalik va futbolchilarni bir-birini tushunmaslik holatlari bor edi. O'yindan-o'yinga bu holatlarni bartaraf etishga harakat qildik. Oxirgi to'rtta turdagi jamoam ko'rsatgan o'yindan ko'nglim to'ldi deb ayta olaman. Andijondagi maydon holati yaxshi ekan. Bugun biz to'p uzatishlarda va to'p bilan muomala qilishda biroz xatolarga yo'l qo'ydik. SHunday holatlar ustida ish olib borishimiz kerakligini anglab etdim. Oldinga intilayapmizmi bunday kamchiliklarni bartaraf etishim lozim.

- "Andijon" jamoasi haqida bir nima deyishim qiyin. Oxirgi turlarga kelib jamoada murabbiy almashdi. Hozirda Orif Mamatkazin vaqtinchalik ish olib boryapti. Bu vaqtinchalik holat deb o'ylayman. CHunki karvonni boshchisi bo'lmasa adashib qolishi turgan gap. Lekin jamoa bugun qo'ldan kelgancha harakat qildi deb o'ylayman.


Komiljon Ikromov yozib oldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика