So’nggi yangiliklar

01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  1 00:34ЎФА собиқ терма жамоалар бўлими раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  1 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  1 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  90 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  0 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   3 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  0 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40 20:56Суперлига. "Машъал" бир киши кам "Бухоро"ни мағлуб эта олмади  16

Murabbiylarning “qochib” ketishi davom etadi yoxud Robert Gayning “Yozyovon-Lochinlari”dagi kunlari yakuniga etdi Yangiliklar

Murabbiylarning “qochib” ketishi davom etadi yoxud Robert Gayning “Yozyovon-Lochinlari”dagi kunlari yakuniga etdi

Teglar :  Robert Gay
Ko'pincha transfer oynasida yuz beradigan o'zgarishlarga oddiy xol sifatida qaraladi.

Ammo bugungi kunda o'zbek futbolida ro'y berayotgan o'zgarishlar ko'pchilikni etiborini tortmoqda. Bugun tushlikka biror bir klubda yurib, kechga borganda boshqa jamoa ixtiyoriga o'tib ketayotgan futbolchilar ham yo'q emas. Toshkentdagi muhtasham “O'zbekiston” mehmonxonasi har yili qishda futboldagi “bozor”ga aylanadi. Negaki, u erda oliy liganing ko'plab jamoalari bo'ladi. Bu esa murabbiylarga qaysidir manoda qo'l keladi. Ilgari oliy ligada murabbiylar istefosi birinchi davradan so'ng yoki 5ta tur o'tgach yuz berardi. Bugungi kunda esa bir hafta ishlagan murabbiy keyinchalik qarorini o'zgartirib yubormoqda. Albatta, bunga turli sabablar mavjud bo'lib, buni bizdan ko'ra ularning o'zlari yaxshi biladi. Afsuski bu xolat tobora oddiy xolga aylanib bormoqda.    

Yaqinda “SHo'rtan” bilan xayrlashishga qaror qilgan Aleksandr Volkovning hech qancha vaqt o'tmasdan g'uzorliklar bilan xayrlashganiga hamma turlicha munosabatda bo'ldi. Ko'pchilik uning qisqa muddat ichida ketib qolishini salbiy  oldi. Vaholanki Volkov “SHo'rtan”ga o'tishi bilan rasmiy chiqish qilib, unda “SHo'rtan”ga 5 yil deganda etishganini bildirgani ko'pchilikning etiborini tortgandi. Ammo oradan hech qancha o'tmay nomalum sabablarga ko'ra murabbiy jamoani tark etdi. Bu esa kun mavzusiga aylanishdan tashqari, hafta voqeasi bo'ldi deyish mumkin.

Bu kabi xolat kuni-kecha birinchi liga jamoasida ham yuz berdi. Aniqrog'i “Yozyovon-Lochinlari” xo'jayini yana o'zgarishga qo'l urdi. Avval xabar berganimizdek, bu jamoa rahbariyati boshqaruv postiga taniqli mutaxassis Robert Gayni olib kelgandi. Malum muddat ishsiz yurgan Robert Sergeevich ishga chanqab qolgandi va u eng shimarib astoydil ish boshlagandi. Xattoki murabbiyning taklifiga binoan birinchi liga toifasidagi tajribali hujumchi bo'lgan Nizom Norov va bir qator surxondaryolik futbolchilar Yozyovonga kelgandi. Aytishlaricha birinchi ligada endi bir yilni o'tkazgan jamoaning qarorgohi yo'q. Futbolchilar mashg'ulotga uyidan qatnaydi. Balki kelgusida baza barpo etish klub rahbariyatining rejasidan o'rin olgandir. Ammo bugungi kunda qarorgoh yo'q. Bosh murabbiy bilan boshqa viloyatdan kelgan o'yinchilarga vaqtinchalik boshpana qilib berilgani haqida aytilayotir. Bizningcha shuning uchun Gay bunday sharoitda ishlashni o'ziga ep ko'rmagan va ortiq ishlay olmasligini malum qilgan. Rahbariyat esa bosh murabbiylikka, yana Islomjon Ismoilovni qaytargan. O'tgan mavsumning ikkinchi qismida jamoani qabul qilib olgan iqtidorli murabbiyning “Neftchi” yoshlar jamoasiga o'tayotgani haqida xabar bor edi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика