"Mundo Deportivo": "Barselona" Koutino uchun 110 mln evro va 40 mln bonus taklif qiladi
02 jan 2018 17:31
Yangiliklar
"Mundo Deportivo": "Barselona" Koutino uchun 110 mln evro va 40 mln bonus taklif qiladi
"Barselona" yaqin vaqtlar ichida "Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutino transferini rasmiylashtirmoqchi.
"Mundo Deportivo" nashrining malumotiga ko'ra, Kataloniya klubi 25 yoshli futbolchi uchun 110 million evro va plyus turli bonuslar ko'rinishida 40 mln taklif qiladi.
Endi "Liverpul" rahbariyati braziliyalik bo'yicha tushgan ana shu taklifni qabul qilish yoki qilmaslikni aniqlab olishlari kerak.
"Barselona"dagi manbalarning malum qilishicha, transfer 5 yanvar "Liverpul" "Everton" bilan o'ynaydigan kuni yoki 7 yanvar, "Barselona"ning "Levante"ga qarshi o'yinidan keyin amalga oshishi mumkin.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar