So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  2 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

⚡️ Mundialgacha. O'zbekiston nogiron-amputantlar TJ safida ECHL g'oliblari borligini bilasizmi? Yangiliklar

⚡️ Mundialgacha. O'zbekiston nogiron-amputantlar TJ safida ECHL g'oliblari borligini bilasizmi?

O'zbekiston nogiron-amputantlar TJ Turkiyadagi jahon chempionatiga tayyorgarlikning oxirgi bosqichini Toshkentda o'tkazmoqda.

Termaning etakchi futbolchilaridan biri bo'lgan Qudrat Xudoyqulov bilan kichik suhbat o'tkazdik. Hujumchi ampluasida harakat qiladigan futbolchimiz 2021 yil amputantlar o'rtasida tashkil etilgan Evropa CHempionlar Ligasi musobaqasida qatnashib, “SHahinbey” (Turkiya) klubi safida chempionlikni qo'lga kiritgan.

2021 yilgi turnir Gaziantep shahrida bo'lib o'tgan va unda 5 ta jamoa qatnashgan. “SHahinbey” finalda Varshavaning “Legiya” jamoasini 3:1 hisobida taslim etishga erishgandi.

Taktika haqida

“Hozirda 2 asosiy himoyachimiz bor. Ulardan umidimiz katta. Qiyin bo'ladi, lekin chempion bo'lishga harakat qilamiz. Eng qiyin guruhga tushganmiz. Polsha va Ispaniya kuchli jamoalar, Afrika vakili bo'lgan Tanzaniya bilan esa o'ynasa bo'ladi. Musobaqa mezboni Turkiyadan tashqari, Polsha, Braziliya va Afrikadan Liberiyani favoritlar qatoriga qo'ygan bo'lardim”

Turkiya chempionatiga qanday yo'l olish mumkin?

“Mundialda barcha klublar futbolchilarni kuzatadi. Amputantlar futbol klublari o'rtasidagi milliy birinchiliklar Evropaning 3 mamlakatida bor – Turkiya, Polsha hamda Angliyada. Professional darajasidagi esa baribir Turkiyada. 34 ta klub mavjud – 14 tasi Superliga, 10 tadan birinchi hamda ikkinchi ligalarda.

Hozirgi klubi

“Ayni vaqt Anqaraning “Otto” jamoasi azosiman. Universitet qoshida ochilgan va yuqori o'rinlar uchun kurashadi. Nasib bo'lsa, shu erdagi o'qishga kirish niyatim bor”.

SHuningdek, 2021 yil “SHahinbey” bilan yana bir hamyurtimiz Qudrat To'raxo'jaev ham ECHL g'olibligini qo'lga kiritgan. Uning fikrlari bilan ham qiziqdik.

“Darvozabonlar bo'yicha murabbiyimiz Zohid Toshxo'jaev hisoblanadi. Bo'lajak mundial 3 nafar kiper bilan yo'l olmoqdamiz. Sunnat, men va yana bir adashim Qudrat. Asosiy tarkib azosiman. Agar qandaydir muammolar yuzaga kelsa, zaxira darvozabonlarimiz ham jismonan tayyor holatda”.

Kumiri

“Barcha futbolchilarning o'zi taqlid qiladigan sevimli o'yinchilari bor. “Real”ga muxlisman, ammo Mark-Andre ter SHtegenning o'yinlarini etirof etgan bo'lardim. Haqiqatan kuchli darvozabon”.

Guruhdagi raqiblarning kiperlari haqida

“2021 yil Turkiyada legioner sifatida faoliyat olib bordim. “SHahinbey” jamoasiga taklif qilishdi va CHempionlar Ligasida Polshaning “Legiya” klubiga qarshi to'qnash kelganmiz. Ularning kiperi mamlakat terma jamoasi asosiy darvozaboni hisoblanadi. Ammo Tanzaniya hamda Ispaniyadagi hamkasblarim haqida malumotga ega emasman”.

Hozirgi faoliyati

“O'zbekistonda faoliyatimni davom ettirmoqdaman. Turkiya klublaridan yana taklif bo'lishi esa Jahon chempionatiga bog'liq. Mundiallarda klublar tomonidan juda kam holatlarda darvozabonlarga talab bo'ladi. Turkiyaning o'zida ham etakchi klublar bor va raqobat kuchli. Qiyin masala”.

Rasmda: chapda - Qudrat Xudoyqulov, o'ngda - Qudrat To'raxo'jaev

Davomi bor...

Eldor Akmurzaev suhbatlashdi

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика