So’nggi yangiliklar

02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  2 01:50BALLON D'OR-2025  101 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  10 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  20 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  12 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  39 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12

Mundial oldidan. Ibrohim Abdullaev: "Germaniyadan ko'ra Gonduras xavfliroq raqibdir" Yangiliklar

Mundial oldidan. Ibrohim Abdullaev: "Germaniyadan ko'ra Gonduras xavfliroq raqibdir"

Yoshlar terma jamoasi azolari Yangi Zelandiyaga jo'nab ketish oldidan saytimizga fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Ibrohim Abdullaev jamoamizning muvaffaqiyatli ishtirok etishiga to'la ishonmoqda.

"Tayyorgarlik alo darajada ketmoqda. Barcha futbolchi jahon chempionati uchun maksimal tayyorganlik ko'rdi. Tashkil etilgan ko'plab yig'inlarda jamoaviy o'yinni yo'lga qo'yishga harakat qilindi. Umuman yigitlarni kayfiyati ham, tayyorgarligi ham alo. Muvaffaqiyatli ishtirok etishimizga ishonaman" , - deydi Ibrohim Abdullaev.

- Ibrohim, agar mana shu tarkibga etibor qaratadigan bo'lsak eng ko'p futbolchi himoya chizig'i vakillaridir. Bu chiziqda raqobatni ko'pligidan dalolatmi ?

Umuman himoyada balki boshqa chiziqlarda ham eng kuchli futbolchilar yig'ilgan. Eng munosiblar jalb etilgan deb o'ylayman. Himoya chizig'ida jarohat va chetlashtirishlar ko'p bo'ladi. SHu bois ko'proq olingan bo'lsa kerak.

- Himoyachi sifatida raqib tarkibidagi hujumchilarni qay darajada o'rgandilaring?

Biz har kuni raqiblarni o'yinini ko'rib bormoqdamiz. Menga Germaniyadan ham ko'ra Gonduras kuchliroq ko'rinmoqda. Har ikki jamoaning hujumchilarini kuzatib bormoqdamiz va kerakli futbolchilar haqida malumotlarga egamiz.

- Guruhdagi jamoalar ichida terma jamoamizni keyingi bosqichga chiqish imkoniyati qanday ?

O'zbekiston yoshlar terma jamoasining keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini yuqori baholayman.  Gondurasmi? Germaniyami uddalasak bo'ladi. Bizni asosiy maqsadimiz mana shu chempionatda futbolimizga yangi natija olib kelishdir. O'tgan jahon chempionatlarida qayd etilgan natijani yaxshilamoqchimiz. Kamida yarim finalni o'ynashni istaymiz.

- Jamoaning etakchilari orasida o'yinni o'z qo'liga olishiga munosib futbolchilarimiz bormi ?

Termadagi ko'plab futbolchilar etakchilik qila oladi. Ularning ko'pchiligi allaqachon OCHL, O'zbekiston chempionatida klublarining asosiy o'yinchilariga aylanib ulgurgan. Nafaqat "Bunyodkor" balki "Nasaf" va "Paxtakor" klubining futbolchilari ham termada etakchilikni qo'liga ola biladi. Bu jamoada asosan etakchilarga emas jamoaviy o'yinga etibor qaratiladi.

- Jahon chempionatida nimalarni kutmoqdasiz ?

Yurtimiz shanini munosib himoya qilish birinchi maqsadimiz. Muxlislarga chiroyli futbol ko'rsatishni istaymiz va yurtimiz bayrog'ini yuqoriga ko'tarib kelishni istaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика