So’nggi yangiliklar

09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  0 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  1 08:08Гвардиола Чемпионлар лигасида қайси жамоага тўқнаш келишни истамаслигини айтди  10 07:31ЖЧ-2026 Саралаш. Бугун БААга қарши майдонга тушамиз  16 06:01Ёрқин Назаров: "БАА ақлли жамоа, ғалаба қозонмаслик мундиал вазифасини қийинлаштиради"  8 01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  1 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  3 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  6 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  1 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  2 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  5 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  5

Mundial 2022. Xorvatiya! Yangiliklar

Mundial 2022. Xorvatiya!

Xorvatiya!


Taxallusi – "shaxmat doskasi".

FIFA reytingida 12-o'rin.

Jahon chempionatiga oltinchi marta (1998, 2002, 2006, 2014, 2018, 2022) boradi.


F guruhi. Raqiblari: Belgiya, Kanada, Marokash.

1-tur, 23 noyabr. Marokash — Xorvatiya

2-tur, 27 noyabr. Xorvatiya — Kanada

3-tur, 2 dekabr. Xorvatiya — Belgiya


Muvaffaqiyatlar


Xorvatiya – amaldagi JCH vice-chempioni.

"SHaxmat doskasi" Rossiyada titulga bir qadam qolgan holda, ajoyib futbol ko'rsatdi.



Xorvatlar guruhda 100%lik natija qayd etishdi.

Ilk raqib Nigeriya jamoasi bo'ldi va ular osonlik bilan raqiblarini 2:0 hisobida mag'lub etishdi.




Keyingi o'yin xorvatlarning ushbu musobaqadagi ambiciyalarini ko'rsatdi.

Argentina bilan o'yin kutilmagan natija bilan yakunlandi. Rebich, Modrich va Rakitichning gollari "shaxmat doskasi"ga janubiy amerikaliklar yulduzlar ustidan yirik g'alabani taqdim etdi.




Guruh bosqichining so'nggi turi ahamiyatsiz bo'lib qoldi, ammo, xorvatlar Islandiyani ham mag'lub etgan holda sekinlashmaslikka qaror qilishdi.

O'yin qiyin o'tdi – islandiyaliklar munosib qarshilik ko'rsatishdi va Badelning golidan so'ng javob to'pini urishdi, ammo Ivan Perishich 90-daqiqada gol urgan holda jamoasiga g'alabani olib berdi.




Xorvatlarni 1/8 finalda so'nggi yillarda yaxshi futbol ko'rsatayotgan Daniya terma jamoasi kutib turardi.

O'yinning boshlanishi kutilmagan bo'ldi. Daniyaliklar 1-daqiqadayoq hisobni ochishdi, 5-daqiqada esa Manjukich hisobni tenglashtirdi. Bu o'yin turnirdagi eng ajoyiblaridan biri bo'ladigandek ko'rindi, ammo jamoalarning shiddati susaydi va keyingi 115 daqiqa gollarsiz o'tdi.

Barchasi penaltilar seriyasida hal bo'ldi va unda xorvatlarga omad kulib boqdi.




CHorak final Rossiya va Xorvatiya o'rtasida bo'lib o'tdi.

31-daqiqada Denis CHerishev ajoyib zarbasi bilan hisobni ochdi, ammo bir necha daqiqalardan so'ng Kramarich javob golini urdi.

Asosiy vaqtda g'olib nomi aniqlanmadi.

Vida qo'shimcha taymlarda Xorvatiyani oldinga olib chiqdi. Ammo, Rossiya terma jamoasining asli kelib chiqishi braziliyalik bo'lgan himoyachisi Mario Fernandes hisobni tenglashtirdi.

Yana penalti. Va yana xorvatlar g'alaba qozonmoqda.




Xorvatlar finalga chiqish uchun Angliya terma jamoasi bilan kurashishdi.

Xorvatlar Daniya bilan bo'lgani kabi o'yinning boshidanoq to'p o'tkazib yuborishdi – 5-daqiqada. Ammo, bu safar bir soatdan so'nggina Perishichning goli evaziga hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lishdi.

Keyinchalik navbatdagi overtaym boshlandi, ammo bu safar penaltilar seriyasisiz. Mario Manjukichning 109-daqiqada urgan goli Xorvatiyaga final yo'llanmasini taqdim etdi.




Franciya va Xorvatiya dunyoda kim eng zo'ri ekanligini aniqlab olishlari kerak edi.

Francuzlar butun musobaqaning yaqqol favoriti sifatida finalga etib kelishdi. Aksincha, Xorvatiyaga ko'plar ishonmagandi va ularning finalga chiqishini sensaciya sifatida baholashdi.

Francuzlar o'yinda ancha kuchliroq va yaxshiroq harakat qilishdi. Bo'lajak chempionlar to'rtta gol urishdi, Xorvatiya esa Perishich va Manjukichning gollari bilan javob qaytarishdi. Umuman olganda, raqib zaxira bilan g'alaba qozondi desak ham bo'ladi.




Xorvatiya terma jamoasining so'nggi mundiali eng zo'ri bo'ldi.


Murabbiy va o'yin uslubi


Zlatko Dalich – hali ham Xorvatiya terma jamoasi murabbiyi.



Dalich 2017 yilning 7 oktyabrida JCH-2018 saralashidagi hal qiluvchi o'yinlar oldidan Xorvatiya terma jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlangandi. U jamoani musobaqaning final bosqichiga olib chiqdi va Xorvatiya futbol ittifoqi uni doimiy asosda qoldirdi.

Xorvatlar uning qo'l ostida dunyoning vice-chempionlariga aylangan holda, turnirning asosiy sensaciyasini amalga oshirishdi.

Dalichning terma jamoa bilan amaldagi shartnomasi Evro-2024 yakuniga qadar va Zlatkoning shu muddatga qadar ishlashiga shubha yo'q.

Xorvatiya terma jamoasi o'yin sxemasi: 4-3-3 (hujumkor), kamroq 4-2-3-1.



O'yin uslubi: zich mudofaa, hujum kichik paslar orqali quriladi.

Uch yarim himoyachi yaxshi harakat qiladi va bir-birini ajoyib tarzda to'ldiradi. Modrich raqib darvozasiga yaqin harakat qilgan holda ko'proq ko'chib yuradi, Kovachichning roli esa ko'proq boks-tu-boksni eslatadi.



Qayd etish kerakki, xorvatiyalik futbolchilarning aksariyati mashhur "Dinamo" (Zagreb) maktabidan chiqishgan, shu sabab ularda umumiy baza va o'zaro tushunish darajasi yaxshi. Bu ularning hujumlarida ham ifodasini topadi.


Misol.











Tan oling, bunday jamoaviy o'yin darajasi hayron qoldiradi, ayniqsa gap terma jamoa haqida ketayotganda.

Xorvatlar markaziy hudud orqali juda yaxshi hujum qilishadi – Brozovich va Kovachich hujumga qo'shilish uchun mos vaziyatni topishadi, Perishich esa uni ajoyib tarzda yaratadi.







Xorvatlarning ajoyib tarzda bir-birini tushunishiga yana bir ajoyib misol – keskin vaziyatni yaratadigan uzun pas. Raqiblar amaldagi JCH g'olibi ekanligini unutmang.






Xorvatlar markaziy hududda juda zich o'ynashadi.



Ammo, buning teskari tarafi ham bor – cheksiz poziciyalar almashganda shunday vaziyatlarda tayanch yarim himoyachisi tayanch hududi qaerdaligini esdan chiqarib qo'yadi.



Terma jamoa etakchilari


Luka Modrich – dunyo futbolining super yulduzi.



Ko'p narsa aytish kerakmi? SHunchaki Modrichning yutuqlariga ko'z tashlang.

2018 yilgi "Oltin to'p" sohibi.

Xorvatiyaning eng yaxshi futbolchisi (9 marta): 2007, 2008, 2011, 2014, 2016, 2017, 2018, 2019, 2020.

UEFA CHempionlar Ligasi g'olibi (5 marta): 2013/14, 2015/16, 2016/17, 2017/18, 2021/22.

Jahon futboli tarixida o'z o'rnini egallab bo'lgan o'z avlodining eng yaxshi futbolchilaridan biri.

Luka terma jamoada ham klubdagidek ajoyib – tempni nazorat qiladi.




Ivan Perishich – ajoyib o'yinchi.



Ivan – ajoyib salohiyatga ega fenomenal o'yinchi.

Perishich ko'p ham o'yinni o'ziga tortmaydi va shu sabab tez-tez kadr ortida qoladi. SHu bilan birga, uning foydasi bebahodir.

Uning asosiy yutug'i – har qanday o'yin tizimiga moslashishi, shuningdek universalligi.

Ivan Perishichning nomini shunchaki gollari sabab ham xorvat futboli tarixiga oltin harflar bilan yozish mumkin.




Yoshko Gvardiol – kelajagi bor o'yinchi.



Dunyodagi eng kelajagi porloq deb hisoblanayotgan himoyachilardan biri.

Dalich asta-sekin Gvardiolni Xorvatiya terma jamoasi asosiy tarkibiga kiritmoqda. Hozirda uni muhim o'yinchi deb atash qiyin, ammo ikki yillardan so'ng shunday bo'lishi kutilmoqda.

Gvardiolni Xorvatiyada diqqat bilan kuzatishmoqda, sabab markaziy himoya poziciyasi sal zaifroq ko'rinadi.

JCH-2022 Yoshko uchun faoliyatining borishiga jiddiy tasir ko'rsatishi mumkin.

Gvardiol atigi 20 yoshda, ammo uning transfer narxi 60 million evroga baholanmoqda.




Kuchli va zaif tomonlari


Kuchli tomonlari: jamoaviylik, tajriba, o'yinchilarning darajasi.

Zaif tomonlari: chidamlilik, tezlik, mudofaa.


Jamoaviylik – Xorvatiya terma jamoasining asosiy kuchi. Ularda ajoyib tarzda bir-birini tushunish bor va shu narsa "shaxmat doskasi"ni top darajaga aylantiradi. Agar Xorvatiya tarkibiga qarasangiz, bu jamoa qanday qilib Franciya va Ispaniya bilan tengma-teng o'ynashi mumkin degan savol tug'iladi. Agar nomlar bo'yicha taqqoslasak, xorvatlar ham serblardan ham ortda qolishadi. Gap jamoaviylikda.

Bu juda ham tajribali terma jamoa. Ularda shunday barqaror jamoa borki, ular termada ham, klubda ham top jamoalar bilan o'ynashadi. Tam va g'alabalar narxini biladigan ko'plab titulga ega o'yinchilar.

Futbolchilarning o'rtacha darajasi juda yaxshi. Oldin aytganimizdek, bu Zagrebning "Dinamo" klubi maktabining katta xizmati.

CHidamlilik – o'rtacha yoshi 29 bo'lgan jamoadagi mantiqiy muammo. Balki shu xorvatlarga JCH-2018dagi finalda etishmagandir, bundan tashqari turnirdagi qo'shimcha daqiqalarni hisobga olsa ular francuzlardan bitta ko'p o'yin o'tkazishgan. Qatarda bu faktor yanada o'zini sezdirishi mumkin, sababi o'yinchilar yosharishmagan.

Xorvatlarga tezlik etmaydi. Ularda ko'proq tezkorlik bilan emas, aqlli futbol o'ynaydigan "sekin" jamoa. Bu xorvatlarning nega doim mudofaa va hujumda balansni saqlashining yana bir sababi. Agar etibor qilsangiz, Xorvatiya hech qachon raqibga to'liq ustunlikni bermaydi. To'plar nisbati 45-55% foizlarda bo'ladi. Bunday taktika ularning o'yinini tengroq va mudofaadan hujumga va teskari yo'nalishda kam kuch sarflaydigan qiladi.

Mudofaaga ko'p savollar bor. U zaif ko'rinmaydi, ammo kuchli deb ham bo'lmaydi. Hujumda Brozovichning faol ishtirok etishi sabab u tayanch hududiga doim ham ulgurmaydi. Markaziy himoyachilarda ham pozicion xatolar kuzatilib turadi, ammo Polshanikiga qaraganda ancha kam. Ammo, bor.


Taxminiy tarkib:



Pashalichning o'rnida Vlashich yoki hatto Orshich paydo bo'lishi mumkin. 

Mudofaa markazida Lovren yoki Vidaning o'ynashini istisno etib bo'lmaydi.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика