Muhammadali O'rinboev: "Yaman juda yaxshi o'yin ko'rsatdi, lekin bizda g'alabaga bo'lgan ishonch yuqori edi"
13 fev 16:39
Yangiliklar
Muhammadali O'rinboev: "Yaman juda yaxshi o'yin ko'rsatdi, lekin bizda g'alabaga bo'lgan ishonch yuqori edi"
U-20 Osiyo Kubogi 1-turi doirasidagi O'zbekiston – Yaman (1:0) bellashuvidan keyin O'zbekiston terma jamoasi vingeri va uchrashuvdagi yagona gol muallifi Muhammadali O'rinboev fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz uchun birinchi o'yin har doim muhim sanaladi. Jamoadoshlarimga va Yamanga bugungi uchrashuv uchun rahmat aytaman. Xudo xohlsa, shu ruhda davom etamiz.
Yaman juda yaxshi o'yin ko'rsatdi, lekin bizda g'alabaga bo'lgan ishonch yuqori edi. Hozirdanoq bugungi bahsni unutib, keyingi turga [Indoneziya] tayyorgarlikni boshlaymiz", – dedi terma sardori.
Eslatib o'tamiz, Indoneziya hamda O'zbekiston o'rtasidagi 2-tur uchrashuvi 16 fevral kuni 16:30 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar