So’nggi yangiliklar

00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  1 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  1 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  4 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  2 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  4 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  20 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  2 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  6 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  0 20:28Пьер-Эмерик Обамеянг: "Бу жуда катта хато бўлганди"  2 19:57АҚШ ФИФАга Кеннеди марказини 2026 йилги ЖЧ қуръаси учун бепул тақдим этади  0

Muhammadali G'iyosov: "Lyapin, Saidov va Kapadzega rahmat aytaman" Yangiliklar

Muhammadali G'iyosov: "Lyapin, Saidov va Kapadzega rahmat aytaman"

Superliganing so'nggi turlariga kelib "Qizilqum" kuchlilar safida qolish uchun imkoniyatini yaxshilab oldi.

Ikkinchi davrada jamoaga kelib qo'shilgan Muhammadali G'iyosov ham bu borada o'zining hissasini qo'shmoqda. Bejiz u saytimiz tomonidan 21-tur futbolchisi, deb topilgani yo'q. Futbolchi "So'g'diyona" va "Bunyodkor" darvozalarini ishg'ol qildi. Muhammadali G'iyosov maydonga tushgan so'nggi 3ta o'yinda "Qizilqum" mag'lubiyatga uchragani yo'q. Aslida "Buxoro" tarbiyalanuvchisi hisoblangan qahramonimiz 2020 yil Jamshid Saidov qo'l ostida Superligada debyut qilgan. O'tgan ikki mavsumni esa "Olimpik" safida o'tkazdi. 

- Ikkinchi davrada "Qizilqum" safida o'zingizni ko'rsatishni boshlayapsiz. Bu jamoani to'g'ri tanlaganingizdanmi yoki moslashish tez kechganidanmi?

- Mavsum boshida faoliyatimda juda ko'p qiyinchiliklar bo'ldi. Ketma-ket qizil kartochkalar olishim natijasida o'yin amaliyotisiz qolib ketdim. "Qizilqum" qiyin vaziyatda bo'lgani uchun yordam berishni istadim. Jamoani Superligada olib qolish uchun motivaciya ko'proq edi. Bu bilan to'xtab qolish yo'q. Vazifani hali bajarmadik. 

- "Qizilqum"ning elitadan tushib ketish ehtimoli yuqori bo'lib turgandi. Lekin ketma-ket muhim ochkolardan so'ng ko'tarilib oldi. Bunday ishtiyoq va ishonch qaysi o'yindan so'ng paydo bo'ldi?

- Ishtiyoq kecha yoki bugun uyg'onmadi. Bizda bu narsa avvaldan bor edi. SHunchaki bitta g'alaba kerak edi, xolos. Ikkinchidan yangi kelgan futbolchilar bir-birini tushunib olishi uchun vaqt kerak edi. 

- Oldinda jamoani asosiy raqobatchilari  "Olimpik", "Turon" va OKMK, "Neftchi" bilan o'yinlar kutmoqda. "Qizilqum" Superligada qolish vazifasini muddatidan oldin bajara oladimi?

- Har bir jamoalar o'z uslubiga ega. Kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. O'ylaymanki, oldimizga qo'yilgan vazifani alo darajada bajara olamiz. 

- Aslida buxorolik hisoblanasiz. Lekin klub har doim ham o'zining iqtidorlarini payqamaydi va ular boshqa jamoalarda ochiladi.  Klub bilan aloqalar saqlanib qolganmi va taklif bo'lganmi?

- Hozir ham klub bilan aloqalarimiz yaxshi. "Buxoro"dan ketganimdan so'ng taklif bo'lmagan. Umuman mahalliy futbolchilarning maydonga tushmasligiga to'g'ri qarayman. Maydonda kim kuchli bo'lsa, o'sha o'ynashi kerak. 

- "Olimpik"ka kelguningizga qadar "Buxoro"da to'p tepgansiz va 2020 yil aynan Jamshid Saidov qo'l ostida debyut qilgansiz. Muhammadali G'iyosovni  aslida kim kashf qilgan?

- Superligada Jamshid Saidov va Aleksandr Xomyakov boshchiligida debyut qilgandim. Kashf qilganga kelsak, Albert Borisovich Lyapin, Timur Kapadze va Jamshid Saidovga rahmat aytaman. 

- "Olimpik"da qaysi kamchiliklaringiz to'g'irlandi va o'ylagan rejalaringiz amalga oshdimi?

- Bu jamoada ko'p narsa o'rgandim. Timur Kapadze aqlli o'ynashni o'rgatdilar. Jamoa bilan barcha diqqatim o'yinda bo'lishni aytardilar. Rejalarga kelsak, bu hali boshlanishi. Orzu va rejalarim hozir sir. Lekin to'xtab qolmasdan uzoqqa borishni maqsad qilganman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика