So’nggi yangiliklar

17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   0 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  11 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  2 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  0 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0 15:42Иньеста ростдан ҳам "Реал"га мухлис бўлганми?  3 15:21Холанд журналистлардан узр сўради  2 14:54"Ливерпуль" футболчисининг голи Жек Грилишга 500 фунтга тушди  2 14:20Погба Франция чемпионатига қайтишга яқин  1 13:58Гвардиола: "Йўқ, бу хабар ёлғон"  0 13:20Расмий хабар: БААга қарши ўйиндан олдин Ўзбекистонда яна бир йўқотиш   20 13:08Владо Радманович: "Катанец ноябрь ойида терма жамоани ўзи бошқаради" (ўйинолди матбуот анжумани тўлиқ)  23 13:00ЖЧ-2026 саралаши. БАА сафардаги ўйинларнинг ҳаммасида ғалаба қозонмоқда  14 12:33Ўзбекистон МТЖ қачон охирги марта ўз майдонида кўк рангли формада ўйнаган?  8

Muhammad Zoirov “Neftchi”ga qarshi o'yindan keyin nimalar dedi? Yangiliklar

Muhammad Zoirov “Neftchi”ga qarshi o'yindan keyin nimalar dedi?

Toshkent shahrida futzal bo'yicha Oliy liganing 2-tur bahslari davom etmoqda.

Xususan Toshkentning “Paxtakor” jamoasi “Neftchi”ni qabul qildi. Qiziqarli kechgan o'yinda “sherlar” 3:2 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi. Mazkur bellashuvdan so'ng “Paxtakor” futbolchisi Muhammad Zoirovning fikrlariga quloq tutdik. 

“Bugun juda qiyin o'yinni o'tkazdik. G'alabaga ham osonlikcha erishganimiz yo'q. G'alaba qozongan bo'lsak-da, o'yin borasida qoniqish hosil qilmadik. CHunki o'z darajamizda o'ynay olmadik. To'g'risi, “Neftchi” ham yaxshi jamla ekan. Buni maydondagi harakatlari bilan namoyish eta oldi. Tan olish kerakki, “Neftchi”da ham ko'plab vaziyatlar yuzaga keldi. 

Birinchi bo'limda kiritib olgan gollarimiz bizning g'alabamizga poydevor bo'la oldi deyish mumkin. Muhimi, uch ochko qo'lga kiritdik. Bundan juda xursandman.

To'g'rimi, mavsum avvalida tarkibimizda katta o'zgarishlar yuzaga keldi. SHunga qaramay, jamoamiz chempionlik uchun kurashadi. Bu yo'lda bizni jiddiy raqiblar kutib turgan bo'lsa-da, biz mavsum yakuniga qadar maqsadimizga erishish uchun kurashamiz”, - deya so'zini yakunladi Zoirov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика