So’nggi yangiliklar

18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  1 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  2 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  1 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  11 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  29 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  31 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  6 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  9 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0

Mo'ydin Mamazulumov: “Neftchi”dagi yo'qotishlardan fojea yasash kerak emas” Yangiliklar

Mo'ydin Mamazulumov: “Neftchi”dagi yo'qotishlardan fojea yasash kerak emas”

Mamlakatimizdagi taniqli hujumchilardan biri Mo'ydin Mamazulumov o'tgan yili “Neftchi” safida xarakat qildi.

Ayni damda ham 34 yoshli futbolchi farg'onaliklarning yig'inida ishtirok etib kelmoqda. Xo'sh, Mamazulunov joriy mavsumni yana “Neftchi”da o'tkazadimi? SHu va boshqa savollarga javob olish maqsadida Mo'ydin bilan qisqacha suhbatlashdik.

- Ayni damda Farg'onada “Neftchi”ning o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etmoqdaman. Kuniga bir mahaldan shug'ullanyapmiz. Bu yil ham superligada ishtirok etishga umid so'nmadi. SHuning uchun yana “Neftchi”da qolib, bo'lajak mavsumga hozirlik ko'rmoqdamiz – deya gap boshladi Mo'ydin Mamazulumov.

- O'ylaymanki Superligada ishtirok etadigan bo'lsak, yangitdan tarkibni shakllantirib olish ortiqcha muammo keltirib chiqarmaydi. To'g'risi, “Neftchi”ni tark etgan o'yinchilar jamoa uchun u qadar katta yo'qotish bo'lmoqda degan fikrdan yiroqman. Bundan ortiqcha fojea yasash kerak emas. Futbolda o'zi shunaqa – kimdir ketadi, kimdir keladi.Almashtirib bo'lmas o'yinchining o'zi yo'q.

- O'zingiz yaxshi bilsangiz kerak, hozir klubda hech narsa aniq emas. Menimcha yaqin orada jamoaning yangi raisi va bosh murabbiyi tasdiqlanadi. SHundan so'ng aniq reja asosida ish olib boriladi.

- O'tgan mavsum “Neftchi” uchun juda ham og'ir kechdi. Jamoaning qayd etgan natijasi ko'pchilik ishqibozlar qatori meni ham ochig'i juda ranjitdi. Yil boshida jamoaga ulkan maqsadlar bilan kelgandim. O'zim farg'onalik bo'lganim uchun ham “Neftchi”ga qo'limdan kelganicha yordam berishni istagandim. Jamoa bilan yuqori o'rinlarni egallashni o'ylaganman. Bu yo'lda qo'limdan kelganicha o'ynab, jamoaga yordam berishga xarakat qildim.

- Jamoaning salbiy natija qayd etganiga turli sabablarni keltirish mumkin. Xabaringiz bor, jamoada avvaliga rahbariyat va keyinchalik bosh murabbiy o'zgardi. Davralar oralig'ida tarkib ham deyarli boshqatdan tashkil etildi. Har qanday jamoada murabbiyning almashinuvi istaysizmi yo'qmi, baribir tasir qiladi. Ko'p o'yinlarda bizdan omad ham yuz o'girdi. Bazida yoshlarga mahorat etishmadi.

- Bu yil ham jamoada qolamanmi? Bu narsa ko'proq klubning yangi rahbari va bosh murabbiyi kim bo'lishiga bog'liq. Qolaversa joriy mavsum superliga yoki pro-ligada o'ynaymizmi? SHunisi ham aniq bo'lmadi.  Agarda rahbariyat va bosh murabbiy ishonch bildirib, yordam berishimni so'rasa shu erda qolib o'ynashda davom etaman.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика