Mourinyu Xavi ishonmayotgan "Barselona" o'yinchisini nishonga oldi
15 dek 2021 13:14
Yangiliklar
Mourinyu Xavi ishonmayotgan "Barselona" o'yinchisini nishonga oldi
"Barselona" himoyachisi Serjino Dest faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Amerikalik legioner bilan shartnoma imzolashga "Roma" qiziqmoqda. Rimliklar ustozi Joze Mourinyuning shaxsan o'zi 21 yoshli futbolchining transferini talab qilmoqda.
"Ko'k-anorranglilar" Destni yanvardagi transfer oynasida xayrlashishga tayyor bo'lgan o'yinchilar ro'yxatiga qo'shishdi. Xavi uni o'z jamoasida ko'rmoqchi emas.
Dest "Barselona"ga o'tgan yili kelgan va 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolagan edi. Serjino joriy mavsum La Liga doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushib, 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar