Mourinyu: "Roma"da juda ham baxtliman. Bu loyihani boshqa hech qaysisiga almashmagan bo'lardim"
21 jan 2022 15:07
Yangiliklar
Mourinyu: "Roma"da juda ham baxtliman. Bu loyihani boshqa hech qaysisiga almashmagan bo'lardim"
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu unga "Everton" tomonidan qiziqish bo'layotgani haqida gapirdi.
"Men "Roma"da juda ham baxtliman. Bu loyihani boshqa hech qaysisiga almashmagan bo'lardim. Ushbu uch yil uchun so'z berdim va uch yil yakunlanguniga qadar ketmayman.
Bu mening ham loyiham. Insonlar menga ishonayotganini his qilyapman. Futbol nuqtai nazaridan, 4-8 o'rinlarda yakunlash uchun o'ynash men xohlayotgan narsa emas. Ammo, keyingi mavsumda biz kuchli bo'lamiz.
Birinchi yarim mavsumda xafsalamiz pir bo'lganini inkor etmayman, chunki futbolimiz dahshatli edi. Ammo, hozirda men xursand bo'la olmayman", - deydi Mourinyu.
"Roma" Italiya chempionatida 22 turdan so'ng 35 ochko jamg'argan holda, jadvalda 7-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar