Mourinyu: "Maradonani ham kutmagan bo'lardim"
20 okt 2023 00:10
Yangiliklar
Mourinyu: "Maradonani ham kutmagan bo'lardim"
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu mashg'ulotlar jarayoniga yondashuvi haqida fikr bildirdi.
“Agar mashg'ulot ertalab soat 10 ga belgilangan bo'lsa, men uni ertalab soat 10 da boshlayman. Bir daqiqa ham kutmayman. Maradona bo'lsa ham kutmayman. Dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lsangiz ham shu yo'lni tutaman. Barcha qoidalarga rioya qilishi va hurmatni saqlashi kerak", - dedi Mourinyu.
“Roma” ayni damda Italiya chempionati turnir jadvalida o'ninchi o'rinni egallab turibdi. Joze Mourinyu shogirdlari navbatdagi o'yinni 22 oktyabr, yakshanba kuni o'z maydonida “Monca”ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar