So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  6 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Mourinyu: "Birinchi o'yinda "Bude-Glimt"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'lganimizga qaramasdan, kuchliroq ekanligimizni bilardim" Yangiliklar

Mourinyu: "Birinchi o'yinda "Bude-Glimt"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'lganimizga qaramasdan, kuchliroq ekanligimizni bilardim"

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Konferenciyalar Ligasi 1/4 finali javob uchrashuvida "Bude-Glimt" ustidan qozonilgan g'alaba (4:0) haqida fikr bildirdi.

"Asosiysi, yarim finalga chiqanimiz. Birinchi daqiqalardanoq yuqori bosim o'tkazdik, shiddatli va himoyada ishonchli o'ynadik. 2:0 bo'lib turgan paytda o'yinda g'alaba qozonishimizni his qildik.

Birinchi o'yinda 1:2 hisobida mag'lub bo'lganimizga qaramasdan, kuchliroq ekanligimizni bilardim. To'g'risini aytsam, ushbu raqibni to'rtta o'yinda faqat bir marta mag'lub etganimizni qabul qilib bo'lmaydi. Ammo bu g'alaba hammasidan muhim edi. 1:2 hisobi 5:2 ga aylandi. Sifatli o'ynash – bu yaxshi. G'alabaga erishish– ajoyib. 

Sifatli o'yindagi mag'lubiyat faqat jamoaning o'ziga xosligi haqidagi o'ylar bilan o'zini yupatadiganlarni xursand qilishi mumkin. Ammo ular hech narsa yutmaydilar.

Ishonamanki, "Roma" odamlar o'ylagandan ham yaxshiroq o'ynaydi. Biz uzoq vaqt davomida yutqazmadik, buni iroda kuchiga bog'lash juda oson. Gap shundaki, bizda uyushgan jamoa bor va biz bundan-da yaxshiroq o'ynay olamiz. 

Tanaffusda futbolchilarga gap raqibni kamsitish, Norvegiyadagidek 6:1 hisobida g'alaba qozonish emas, yarim finalga chiqish ekanligini aytdim. Jamoa esa bunga loyiq edi", – dedi portugaliyalik mutaxassis.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика