Mourino - Skoulz haqida: "Skoulz tarixda ekspert emas, ajoyib futbolchi sifatida qoladi"
02 jan 2018 13:06
Yangiliklar
Mourino - Skoulz haqida: "Skoulz tarixda ekspert emas, ajoyib futbolchi sifatida qoladi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino mankunianlar sobiq futbolchisi Pol Skoulzning jamoa yarim himoyachisi Pol Pogba haqida aytgan tanqidlariga fikr bildirdi.
"Pol Skoulz hozir bajarayotgan yagona ish - tanqid. U sharh bermayapti, tanqid qilmoqda, bu esa bir xil narsa emas.
U ajoyib futbolchi edi, ammo bu degani hamma shunday bo'lishini bildirmaydi. Pol Pogba doimo qo'lidan kelgan ishni bajarishga harakat qiladi. Bazida juda yaxshi o'ynaydi, bazida - yaxshi, boshqa payt esa - yaxshi emas. Pol Pogba Skoulzdan ko'proq pul ishlab topgani franciyalikning aybi emas. Futbol shunday.
Skoulz tarixda ekspert emas, ajoyib futbolchi sifatida qoladi. Agar Pol bir kun murabbiy bo'lishni istab qolsa, u mening 25% muvaffaqiyatimga erishishini istayman, chunki 25% bu - 6ta sovrin. U xursand bo'lishi aniq" - deydi Mourino.
Fikrlar