Mourino: "Mxitaryan mavsumni yaxshi boshladi, keyin yo'qolib qoldi"
25 noy 2017 11:48
Yangiliklar
Mourino: "Mxitaryan mavsumni yaxshi boshladi, keyin yo'qolib qoldi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinoning fikricha, yarim himoyachi Genrix Mxitaryanning o'yini pasaydi.
"Menga Mxitaryanning so'nggi uchrashuvlardagi o'yini yoqmadi. Gap ikki yoki uch o'yin haqida emas, uch, to'rt yoki beshtasi borasida ketmoqda. U mavsumni yaxshi boshladi, keyin asta-sekin yo'qola boshladi. Gollar, assistentlar, yuqori pressing, to'pni raqib maydonida olib qo'yish va 10-raqamli futbolchi jamoaga keltiradigan foyda jihatidan uning o'yin darajasi pasayib bordi. Bu harakatlar, boshqa futbolchilarga imkoniyat berish uchun etarli bo'ldi. Har bir futbolchi imkoniyatga munosib" - deydi Mourino.
Mxitaryan joriy mavsum Angliya chempionati va CHempionlar ligasida 15ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 5ta golli pas berdi.
Fikrlar