So’nggi yangiliklar

00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  0 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  9 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  6 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  25 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  29 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3 16:53Артета Кай Хаверцнинг сирини ошкор қилди  2 16:28Эрон терма жамоаси делегацияси Тошкентга етиб келди  23

Mourino - "Arsenal"ga qarshi o'yindan oldin: "Men haqimda negativ fikrlar yozishni yoqtirasiz" Yangiliklar

Mourino - "Arsenal"ga qarshi o'yindan oldin: "Men haqimda negativ fikrlar yozishni yoqtirasiz"

Ertaga APL 36-turi doirasida "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Arsenal" bilan kuch sinashadi.

Uchrashuvdan oldin Joze Mourino shunday fikrlar bildirdi.

"Bungacha nimalar deganimni barchangiz yaxshi bilasiz. Sizlar men haqimda negativ fikrlar yozishni yaxshi ko'rasiz. Barcha Salohni men sotib olganligimni eslaydi. Aniqrog'i, janob Abramovichning pullariga. "CHelsi"da ishlaganimda u "Bazel"da edi. Men har doim o'z qo'l ostimdagi futbolchilarga javobgarman. U men bosh murabbiy bo'lgan vaqtimda jamoaga bordi.

Demak, uni men sotib olganman. Transfergacha biz "Bazel" bilan ikki uchrashuv o'tkazgandik, u bizga qarshi maydonga tushgandi. Raqibni tahlil qilar ekanman, uning o'yinlarini alohida kuzatdim va rahbariyatga fantastik yosh futbolchini transfer qilish kerakligini aytdim. U yosh bo'lganligi uchun jamoada o'ynay olmadi. Endi men haqimda negativ fikr bildirish shart emasdir. Haqiqat shunday.

Sanches? U Angliyada bir necha yillardan buyon to'p tepmoqda. SHu boisdan uning qanday salohiyatga ega ekanligini bilamiz. SHuni bilgan holda uni transfer qilish uchun kurashdik. Ilk kunlardanoq u bizning klubga mos tushishini sezdim. Uning qobiliyati va mentaliteti ham jamoa uchun birdek keldi. Bizga ko'proq tajribali, agressiv futbolchilar kerak edi. Uni ertami kech qo'lga kiritishimiz aniq bo'lgandi.

Gapirishda davom etaman, qishki transferlarga unchalik xushim yo'q, biroq holat shunday edi: "Hozir yoki hech qachon". Biz "Hozir"ni tanladik. Aleksis jamoaga mavsumning yarmidan kelib qo'shildi va albatta bu bizning foydamizga xizmat qilmoqda. U keyingi mavsumga qadar yaxshi tayyorlanadi va fantastik futbolchiga aylanadi.

Ideal yakun? O'tgan safar ham aytganimdek, bu mavsum biz uchun oldingisidan yaxshiroq o'tmoqda. Biz yana Angliya kubogi finalidamiz va uzoq muddatdan keyin yilni ikkinchi pog'onada yakunlashga yaqin turibmiz. Oldingiga qaraganda ko'proq g'alabaga erishdik, ko'proq ochko to'pladik. To'g'ri har doim ham barqaror o'ynamadik, biroq kerakli bahslarda ajoyib o'yin namoyish qildik. Jamoa yaxshigina rivojlanishga erishdik", - dedi Mourino.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика