So’nggi yangiliklar

18:58ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА (матнли трансляция)  75 18:43"Манчестер Юнайтед" 6 миллионга сотган футболчисини 20 миллионга қайтариб олмоқчи  0 18:02Ўзбекистон - БАА: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  5 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Иккита автогол урилган ўйинда Япония ва Австралия очколарни бўлиб олишди  15 17:32ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА: "Бундёкор" стадиони ўйинга тайёр  10 16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  9 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  0 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  2 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  6 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:34Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  19 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  1

"Monako"ning "portugalcha ish uslubi", yoki pul topishni bizdan o'rganing! Yangiliklar

"Monako"ning "portugalcha ish uslubi", yoki pul topishni bizdan o'rganing!

Transfer oynasi yopildi va "Monako" unda eng ko'p daromad qildi.
Zamonaviy futbolda doimiy etiborimizda turadigan va transfer oynasida ham faol ishtirok etuvchi jamoalarni ikki tipga bo'lsa bo'ladi:

1) Deyarli hech kim tanimaydigan futbolchilarni sotib olib, o'stirib, yangi darajaga olib chiqib, qimmatga sotuvchi jamoalar;
2) Katta pul evaziga yulduzlarni o'z tarkibiga to'plab, maqsadlar sari intiluvchi jamoalar.

Har kimning o'z ish uslubi bor. Misol uchun PSJ, "Real", "Manchester Siti", "CHelsi" kabi klublar o'zi istagan futbolchi uchun pulni ayab o'tirmaydi. Klub shuncha pul sarflayaptimi, demak o'sha pullar qaerdandir ishlab topilmoqda.

Endi tanganing ikkinchi tomoniga boqsak, "Monako", "Portu", "Benfika"ga o'xshagan jamoarni ko'ramiz. Ularning asosiy daromadi aynan futbolchi sotishdan keladi.

"Kimgadir yoqar lola, kim atirgul shaydosi..." deyishganidek, tanlov o'zingizdan.

Endi bevosita francuz klubining natijalari, ish uslubi va transfer bozorida o'zini tutishiga nazar solsak.


Titul himoyasi

O'tgan mavsum “Monako” uchun ayniqsa omadli keldi. Sababi monegasklar yulduzlar to'plangan PSJni ortda qoldirib Liga 1 g'olibiga aylanishdi, hamda CHempionlar Ligasi yarim finaliga etib borishdi. Parij uchun bu natija hamon orzu bo'lib qolmoqda, qolganlar muntazam ravishda pley-offning yo birinchi, yoki ikkinchi bosqichidayoq parijliklarga chiqish eshigini ko'rsatib qo'yishmoqda. SHu o'rinda “Monako” o'zidan-o'zi, omadi kelib qolgani uchun bunday natijalarga erishmayotganini etirof etish lozim. SHu sababli buyog'iga “keskin sho'ng'ish” ham kuzatilmaydi.

Jamoani asosiy tarkibning bir nechta azosi tark etgan bo'lsada, murabbiy Leonardu Jardim juda kuchli jamoa tuza oldi va bugungi kunga kelib, yo'qotishlarga qaramay, klub “oyoqlarida” mustahkam turibdi. Portugaliyalik murabbiy bir yo'la bir nechta futbolchi ajoyib o'yin namoyish etishi uchun kerakli so'zlarni topa oldi. “qariya” Falkao jarohatlar girdobidan chiqib keta oldi, “bolakay” Mbappe esa “raketa” misoli katta futbolga uchib kirdi.



Uzoq qilingan mehnat samara bera boshladi va “Monako” buyog'iga ham tanlagan yo'lida qoqilmay harakat qilishi shubhasiz. Kimdir ketti, kimdir kelib qo'shildi. Lekin natija yomonlashib qolgani yo'q. Mavsum starti ko'rsatmoqdaki, “Monako” hamon o'yinda.


Portugalcha ishlashni o'rganing

“Monako” klubi rabariyati portugal klublaridan andoza olishgani hech kimga sir emas. Sababi “Portu” va “Benfika” muntazam o'zlari haqlarida eslatib turishadi. Ham erishayotgan natijalari bilan, ham yo'l-yo'lakay iqtidorli futbolchilarni qimmatga sotishlari bilan.

Bu borada “Monako”ning imkoniyatlari yaxshiroq bo'lsa yaxshiiki, yomon emas. Sababi ular media-mashhurlik borasida Portugaliya chempionatidan ustun turuvchi Liga 1 da ishtirok etishadi. Portugalcha ishlashda albatta shu mamlakat vakili Leonardu Jardim juda qo'l kelishi aniq edi. Murabbiy o'z yurtdoshlari ichidan va o'sha zona (Portugaliyaga qo'shni mamlakatlar)dan iqtidorlarni topib, qisqa vaqt ichida klub mexanizmiga moslashtirib olmoqda.



Hozirda "Atletiko" sharafini himoya qilayotgan Yannik Ferreyra-Karrasko ("Monako") va "Marsel" tarkibidagi Benjamin Mendi ("Manchester Siti")


O'tgan yoz “Marsel”dan 13 million evroga xarid qilingan Benjamin Mendi bu transfer oynasida “Manchester Siti”ga 57.5 millionga, yani 4.5 barobar qimmatroqqa sotildi. Bunday misollar klub faoliyatida kam emas.


Kerakli odamni, kerakli vaqtda sota olish!

Albatta, bu erda nafaqat Jardim balki, klub menedjmentining faoliyatini ham takidlash lozim. Omadli transfer deganda ko'pchilik sotib olingan futbolchi ishini tushunadi, ammo kerakli pallada sotilgan futbolchi transferi ham omadli atalishga haqli. Bu borada ham master-klass “Monako” uchun “Portu” va “Benfika” klublari ishlashi dastur-ul amal bo'lib xizmat qilmoqda. O'z futbolchisi bilan vaqtida xayrlasha olish ham bir sanat. Jamoa to'g'ri kelgan futbolchisini sotib yuboravermaydi. Faqatgina o'yini va narxi eng cho'qqisiga chiqqanlarni sotadi. Bernardu Silva, Mendi, Bakoyoko, Mbappe.



Ha, o'z etakchilarini sotgach, jamoaga oson bo'lmaydi, ammo ular yana yangi, yosh futbolchilarni izlab topadi. SHu o'rinda sportchilar ham yaxshi tushunadiki, Jardim qo'l ostida ular o'sishga erishadi va TOP jamoalar eshigi ular uchun ochiladi. Qulay vaziyat yuzaga kelganda “Monako” oyoq tirab, sotmayman deb turib olmaydi.


“Monako” yozda kimni sotdiyu, kimni sotib oldi?

Xalqaro arenada omadli ishtirok etgan Jardima shogirdlari grand jamoalar yuragiga o't yoqishi transfer oynasi ochilgunga qadar aytib bo'lingandi. “Monako” asosiy tarkib futbolchilaridan – Silva, Mendi va Bakoyoko franciyani tark etishdi va klub g'aznasiga 150 million evro foyda keltirishdi. Qolgan kichik transferlardan yana 30 million atrofidagi summa ishlab olgan “Monako” - 177.5 million evroga futbolchi(lari)ni sotdi. Va transfer oynasining so'ngi kunida Kilian Mbappe PSJ safiga o'tib ketganidan so'ng bu raqamlar 357,5 ko'rinishiga keldi.

Bu hali Fabino va Lemar jamoani tashlab ketmaganidagi vaziyat, jamoa ularni ham sotishga rozi bo'lganida bor yo'g'i yarim milliardlik kelishuv imzolagan bo'lardi klub. Monegasklar ishlab topilgan pullardan tahminan 100 millionini sarflashdi xolos. Ammo shu pulga qiziqarli transferlarni amalga oshirishdi.

“Lacio”ga Balde Keyta uchun 30 million, belgiyalik iqtidor Tilemans uchun 25 million, yana 15 “Feyenoord” markaziy himoyachisi Kongolo uchun, 10 million “Renn” hujumchisi Diaxabi uchun berildi. Sotib olinganlar ichida birgina Stevan Yovetich 23 yoshdan katta (u 27 yosh). Endi bu ro'yxatga erkin agent sifatida jamoaga kelgan Rashid Gezzal va tajribali darvozabon Benaloni qo'shib qo'ying. Ko'rib turganingizdek, “Monako” nafaqat sotdi, balki barcha chiziqlarni mustahkamlash uchun zarur futbolchilarni xarid qildi ham. Yangi mavsumda tarkibga kirish uchun raqobatlashadiganlar etarli. Raqobat bor joyda, o'sish bo'ladi,   


Yangi mavsum boshida “Monako”...

Monegasklar mavsumni ko'tarinki ruhda boshlay olishdi. Dastlabki 4turda g'alaba, to'plar nisbati - 14:4. PSJ ham 14ta gol urishga erishdi, va 2ta kam to'p o'tkazib yuborishdi. Nima bo'lganda ham hozirning o'zidayoq aytish mumkin, “Monako” chempionlik unvonini Parij yaqinidan “daxshat” uy sotib olgan Neymarga shunchaki sovg'a qilmaydi. Bularning barchasi Angliyaga ketgan etakchilar va bevosita mamlakat poytaxtiga ko'chib o'tgan Mbappesiz. Leonardu Jardim hamon o'zi yoqtirgan 4-4-2 taktik sxemasidan foydalanmoqda. Asosiy posbon Subashich va markaziy himoyachilar juftligi Glik – Jemerson saqlab qolindi. Sidibe o'ngda, Mendining o'rnini “Flamengo”dan shu yil yozida kelgan braziliyalik yosh himoyachi Jorje egalladi.



Bakoyoko ketgach, Joao Moutino asosiy tarkibga qaytdi, uning yonida Fabino, qanotlarda esa Lemar va yosh portugal Lopesh. Oxirgi futbolchi o'tgan mavsumni “Lill”da ijara asosida o'tkazdi va o'zini ijobiy tomonlama ko'rsata oldi. Hujumda dastlabki turlarda 7ta gol urgan Falkao bilan Diaxabi harakat qilmoqda. Jardim o'zi uchun asosiy tarkibni aniqlab olmoqchi bo'lyapti. So'nggi uch turda tarkib umuman o'zgarmadi. Kilianning jamoani tark etishi “Monako”ga og'riqli zarba bo'lmasligi aniq. Sababi, uning o'rnini to'ldira oladigan futbolchilar tarkibda bor, moliyaviy tomondan esa u katta foyda keltiradi.

“Monako” tarkibida yulduzlarni to'plab oladigan emas, hech kim tanimaydiganlarni yulduz darajasiga olib chiqadigan jamoa sanaladi!

Omonjon To'xtamirzaev
Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика