So’nggi yangiliklar

12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  0 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  1 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  2 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  0 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  4 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  9 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  7 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   11 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  19 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  5 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  16

Mo'min Meliev: "2:0 hisobida oldinga chiqib olganimizdan so'ng erta hotirjamlikka berildik" Yangiliklar

Mo'min Meliev: "2:0 hisobida oldinga chiqib olganimizdan so'ng erta hotirjamlikka berildik"

Coca Cola Superliga dastlabki uchta turida ikkita to'p kiritgan "Mashal" futbolchisi Mo'min Meliev "Surxon"ga qarshi uchrashuvda zaxirada qoldirildi.

Biz bu borada barchasiga aniqlik kiritish maqsadida Mo'min Melievga yuzlandik va fikrlari bilan qiziqdik.

"Uch oy futbolsiz qolgandik. Uy sharoitida mashg'ulotlarni bajardik. Ruxsat berilgach tezda jamoa bilan yig'ilib mazkur bahsga tayyorgarlikni boshladik. Hozirda hamma jamoa bir xil holatda. Lekin, jamoalarning sport formasi va jismoniy holatida farq bor. 2:0 hisobida oldinga chiqib olganimizdan so'ng juda erta hotirjamlikka berildik. Futbolchilardagi charchoq alomatlari yaqqol sezilib qoldi. "Surxon" safida bo'ydor va baquvvat futbolchilar bor. Standart vaziyatlarda yaxshi harakat qilishadi. Lekin, baribir standart vaziyatdan gol qo'yib yubordik. Termizga ko'tarinki kayfiyatda borgan edik. Murabbiylarimiz o'yindan oldin raqib haqida batafsil malumot berishgandi. Qaysi joyda ularga bosim qilish yoki aksincha himoyalanish kerakligini tushuntirishdi. Issiq harorat o'yinga tasirini o'tkazdi. Soat 18:00 da ham bu erda juda issiq bo'ladi. 

Nima uchun zaxirada qoldim? Bahsdan 5-6 kun oldin sog'lig'imda muammo paydo bo'ldi. SHu sababli jamoadoshlarimga yordam bera olmadim. Ko'pchilik bu haqida menga savol bilan murojaat qilishmoqda. Avvalgi uchta turda ikkita gol urdim. Murabbiylar bilan hech qanday kelishmovchilik bo'lgani yo'q. Keyingi turlarda maydonga tushib jamoamga yordam berishga harakat qilaman",- deydi Mo'min Meliev.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика