So’nggi yangiliklar

18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  0 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  2 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  1 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  10 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  2 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  1 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  4 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  7 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5

Modrich Mbappe haqida: "Klub har qaysi futbolchidan ustun. Oldinda ECHL finali va bu hozir eng muhimi" Yangiliklar

Modrich Mbappe haqida: "Klub har qaysi futbolchidan ustun. Oldinda ECHL finali va bu hozir eng muhimi"

Luka Modrich Kilian Mbappening PSJ qolish borasidagi qaroriga munosabat bildirdi.

– Mbappe haqida so'rashga majburmiz
– Menimcha, bu mavzuda gaplashishimizning hojati yo'q. Hozirda bitta muhim mavzu bor – CHempionlar Ligasi finali. Bu haqida unutish va boshqa eslamaslik kerak, bo'ldi.

– Siz xafa bo'ldingizmi?
– Yo'q.

– Yo'q?
– Yo'q, chunki biz batafsil xabardor emasdik. SHaxsan men bu masala bo'yicha aynan nimanidir kutmagandim. Bu haqida butun yil davomida ko'p gapirishdi, ammo biz aniq biror nima bilmasdik. Oldinda bizni ECHL finali kutib turibdi va hozir shu eng muhimi.

"Real" cho'qqida qolaveradi, klub har qaysi futbolchidan muhimroq, u kim bo'lishining farqi yo'q. Bu borada uzoq gapirishning keragi yo'q. 

O'ylashimcha jamoamizda zo'r futbolchilar to'plangan. Ular ajoyib mavsum o'tkazishdi va qator futbolchilar yanada o'sishga erishishlari mumkin. Kelajakda ular buyuk futbolchilar bo'lishlari mumkin.

– Siz shartnomangizni uzaytirib bo'ldingizmi?
– Yo'q.

– Qachon?
– Umid qilamanki, yaqinda.

– Kelishuvga erishilganmi?
– Yo'q, hozircha klub bilan bazi detallar borasida gaplashyapmiz. Har ikki tomon ham pozitiv ruhda ertangi kunga qaramoqda.

– Faqat Mbappe qilgan ishni takrorlamang!
– Albatta, unday qilmayman. Umid qilamanki, klub ham menga nisbatan unday munosabatda bo'lmaydi. Xazil, albatta. Klub va mening munosabatim ajoyib, qandaydir muammo kelib chiqadi deb o'ylamayman, – dedi yarim himoyachi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика