So’nggi yangiliklar

13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   10 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  4 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  11 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  5 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  11 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  23

Mixail Naumov: “Pley-offda “Dinamo” bilan o'ynasak kerak” Yangiliklar

Mixail Naumov: “Pley-offda “Dinamo” bilan o'ynasak kerak”

Birinchi liganing doimiy ishtirokchisiga aylanib borayotgan Toshkentning “Oq-tepa” jamoasi oldiga bu yil elitaga chiqish vazifasi qo'yilgandi.


 Ammo so'nggi turlarda 1-o'rinni hamshahari “Obod”ga “berib” qo'ydi. Yakunda esa Ildar Sakaev boshqaruvidagi “Oq-tepa” oliy ligada 15-o'rinni band etgan klub bilan pley-off bahsini o'tkazadigan bo'ldi. Biz esa jamoaning asosiy posboniga aylanib ulgurgan Mixail Naumov bilan suhbatlashib, ayrim savollarga javob oldik.

- Misha, kayfiyatlar qanday? Nima yangiliklar?

- O'rtacha. Bugundan jamoamiz o'z qarorgohida yig'iladi va finalga teng bo'lgan o'yinga tayyorgarlikni boshlaydi. Aytarli boshqa yangilik yo'q. 

- Jamoangiz chempionat yakunlanib borayotganida yaqin taqibchisi bo'lmish “Obod”ni o'tkazib yubordi. Bu sizlar uchun kutilmagan zarba bo'ldimi?

- Ha. So'nggi lahzalarga kelganda bu juda alam qiladi. Hammasi o'z qo'limizda edi. Ammo bir necha bor jiddiy xatolarga yo'l qo'ydik. Bu esa yaqin taqibchimizga qo'l keldi. Aksiga olib “Obod” qolgan o'yinlarda mag'lub bo'lmadi. Yakunda esa peshqadamlik qo'lga oldi. Biz eng avvalo “Orol” va “Mashal-2” bilan o'yinlarda g'alaba qozonishimiz kerak edi. SHunda oliy ligaga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritgan bo'lardik. 

- Jamoada ichki muhit yaxshimi?

- Hammasi ko'ngildagidek. Hamma birga.

- Endilikda jamoangiz asosiy etiborini pley-off o'yiniga qaratadi?

- SHunday. Oliy liga jamoasiga qarshi kechadigan bahsda ham astoydil o'ynaymiz. Imkoniyatlar 50x50 degan bo'lardim. Har ikki jamoa uchun ham finalga teng o'yin bo'ladi. 

- Qaysi klub sizlarga qarshi maydonga tushadi deb o'ylaysiz?

- Menimcha Samarqandning “Dinamo” jamoasi bo'lsa kerak. 

- Sizningcha oliy liga bilan qaysi jamoa xayrlashadi?

- “Buxoro”.

- CHempion jamoachi?

- "Paxtakor" bunga juda yaqin turibdi.

- Kelgusi mavsum uchun homaki rejalaringiz qanday?

- Albatta oliy ligaga qaytishni istayman. Hozircha aniq takliflar yo'q. Agarda pley-off o'yinida omadimiz chopsa, “Oq-tepa”dagi faoliyatimni davom ettiraman. 


Islombek Rustambekov suhbatlashdi. 


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика