So’nggi yangiliklar

23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 22:01Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" баҳси асосий таркиблари  22 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  23 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  2

Mixail Laudrup: "Soriya kutilmaganda jarohat oldi va Toshkentga kelmadi" Yangiliklar

Mixail Laudrup: "Soriya kutilmaganda jarohat oldi va Toshkentga kelmadi"

OCHL 3-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Lahviya" o'rtasidagi o'yindan oldingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Mixail Laudrup ishtirok etdi.
Murabbiyga yarim himoyachi Vladimir Vayss hamrohlik qildi.

"Qiziqarli va qiyin o'yin kutayapmiz. "Bunyodkor"ning 3ta o'yinini ko'rib chiqdik. Raqibni yaxshi o'rgandik. Ertaga yaxshi o'yin bo'lsa kerak. Ertangi o'yin biz uchun ham Qatar uchun ham juda muhim", - deb gap boshladi Laudrup.

Vladimir Vays: "Osiyo chempionlar ligasi qiyin musobqada hisoblanadi. Ushbu turnirning darajasi juda yuqori. Jamoamiz bosh murabbiyini gapiga to'liq qo'shilaman. "Bunyodkor" ham ancha kuchli jamoa. Ertaga chiroyli o'yin ko'rsatib, g'alaba qozonamiz deb umid qilaman".

- Ertaga jamoaingiz "Bunyodkor"ni mag'lub etish uchun hujumkor o'yin namoyish eta oladimi?

- Oldinda 4ta o'yin bor. Har bir o'yinda g'alabaga erishishga urinamiz.

- Qatar chempionatidagi oxirgi o'yinda Sebastyan Soriyani 20-daqiqada almashtirdingiz. Bunga nima sabab bo'ldi?
- Afsuski hujumchi o'sha o'yinda jarohat oldi va malum muddatga safdan chiqdi. U Toshkentga kelgani yo'q.

- "Lahviya"ning asosiy maqsadi nima: OCHLda guruhdan chiqishmi yoki Qatar chempioni bo'lishmi?

- Men Qatarda chempion bo'lishni istardim. Sababi sovrin yutamiz va keyingi yil OCHLda o'ynaymiz.

- Siz o'z vaqtida Rossiyada "Spartak"da ishlagansiz. Rossiya va O'zbek futbolini taqqoslab ko'rdingizmi?
- "Bunyodkor" va "Spartak"ni solishtirish mumkin. Ikkala jamoa ham kuchli futbol namoyish etadi.

- Siz o'tgan yil yozda "Lahviya" bilan bir yillik shartnoma tuzgansiz. Uni uzaytirasizmi?

- Yozda rasman klub bilan shartnomam tugaydi. Bu masalani may oyida ko'rib chiqamiz.

- Bugun yurtimizga tashrif buyurdinglar va o'yindan so'ng tezda yana qaytib ketasizlar. Bu narsa jamoaga qo'shimcha bosim yuklamaydimi?
Vladimir Vayss:
- Bu narsa muhim ahamiyatga ega deya olmayman. Hech qanday qo'shimcha bosim his qilmayapman. Hammasi joyida.


SHahboz Beg'amov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика